Korxona va tashkilotlarda belgilangan tartib asosida davlat tili haqidagi qonunchilikning aniq va bir xilda amal qilinishi, ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish ahvoli o‘rganildi

Korxona va tashkilotlarda belgilangan tartib asosida davlat tili haqidagi qonunchilikning aniq va bir xilda amal qilinishi, ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish ahvoli o‘rganildi



Joriy yilning 9-iyul kuni tuman ishchi guruhi tomonidan tuman elektr ta’minoti korxonasida O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident farmonlari, qarorlari, farmoyishlari hamda Hukumat tomonidan qabul qilingan qaror va farmoyishlar, kelib tushgan murojaatlar ijrosini tashkil etish holati shunindek, “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonuni hamda sohaga oid boshqa qonun hujjatlari ijrosi o‘rganildi.

O‘rganish davomida korxonada ish yuritish to‘liq lotin alifbosida olib borilishiga qaramay, bino ichidagi targ‘ibot materiallari hamda e’lonlarning ayrimlari kirill alifbosiga asoslanganligi, lotin yozuviga asoslangan ayrim e’lonlar doskasidagi hujjatlarda imloviy xatolarga yo‘l qo‘yilganligi ko’rsatib o‘tildi hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha kerakli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Shu bilan birga ish yuritish va ijro-intozimi, aholi murojaatlari ijrosini tashkil etishda ham bir qator kamchiliklar aniqlanib, mas’ul xodimlarga bu borada ishlarni to‘g‘ri tashkil etish, ijro-intizomini mustahkamlash bo‘yicha amaliy yordamlar ko‘rsatildi.

O‘rganishlar davom etmoqda.


Kogon tuman hokimligi axborot xizmati

Report Page