Korrupsiyasiz halol mehnat — yuksak ishonch poydevori
Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda korrupsiyaning kelib chiqish sabablari va uning oldini olish, korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish hamda xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda eng avvalo, sohada uzoq yllar mehnat qilib korrupsiya qo’l urgan xodimning bugun jazoni o’tash kalonnasidagi afsus va nadomatlari aks etgan videorolik namoyish qilindi. Shundan so’ng, “Buxoro HETK” AJ Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorati bo’limi boshlig’i korrupsiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan omillar, xizmat vazifalarini bajarishda qonuniylik va shaffoflik tamoyillariga qat’iy rioya etish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish hamda xizmat vakolatlaridan shaxsiy manfaat yo‘lida foydalanmaslik masalalariga alohida e’tibor qaratish lozimligi borasida xodimlar bilan ochiq suhbat o’tkazdi.
Shuningdek, xodimlarga korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga yo‘l qo‘ymaslik, shubhali holatlarga befarq bo‘lmaslik, qonunbuzarliklarning oldini olish va bu borada belgilangan tartibda murojaat qilishning muhim jihatlari tushuntirildi.
Yig‘ilish yakunida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olinib, har bir xodimning o‘z xizmat vazifalariga halollik, mas’uliyat va vijdonan yondashishi korrupsiyaga qarshi kurashning muhim omili ekanligi ta’kidlandi.
Zero, halollik ustuvor bo‘lgan muhitda ishonch mustahkamlanadi, qonuniylik ta’minlanadi va taraqqiyot uchun mustahkam zamin yaratiladi.