#Korrupsiyani_birgalikda_yengamiz
#Tadbir
#Jizzax_kadastr
▫️ Komplaens xizmati yig‘ilishi▫️
Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining komplaens nazorati xizmati rahbari B.Shomansurov ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika instituti “Madaniyat saroyi”da bo‘lib o‘tgan maazkur yig‘ilishda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining Jizzax viloyati boshqarmalari shahar va tumanlar bo‘lim, filiallari xodimlari ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish, korrupsiyaning salbiy oqibatlari, shuningdek bunga imkon beruvchi sabablar atroflicha muhokama qilindi. Bundan tashqari, tizimda ishlovchi xodimlarning odob-axloqi, so‘zlashish madaniyati, ularning fuqarolar bilan munosabati hamda ijro intizomi to‘g‘risida fikrlar bildirildi.
O‘tkazilgan tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad – sohada firibgarlik va tamagirlik omillarini kamaytirish, har bir xodimda korrupsiyaga qarshi immunitetni shakllantirish hisoblanadi.
🇺🇿A'zolik— https://t.me/Jizzax_kadastr_axborot