“Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida xodimlarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirishga qaratilgan tadbir o‘tkazildi

“Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida xodimlarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirishga qaratilgan tadbir o‘tkazildi

October 31, 2022October 31, 2022

Kadastr agentligining tegishli buyrug‘iga ko‘ra, Kadastr tizimida joriy yilning 17-oktabrdan 17-noyabrga qadar “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” deb e'lon qilingan.

Yuqorida qayd etilgan Buyruq ijrosi yuzasidan bugun Sirdaryo viloyatida Kadastr agentligi komplayens-nazorati xizmati boshlig‘i Baxtiyor Shamansurov tomonidan seminar tashkil etildi.

Tadbirda dastlab B.Shamansurov tomonidan taqdim etilgan Komplayens-nazorat xizmati tashabbusi bilan tayyorlangan videorolik yig‘ilganlarga namoyish etildi.

Shuningdek, B.Shamansurov tizimda xodimlar tomonidan sodir etilayotgan korrupsion xolatlar (viloyatlar kesimida) hamda ularga nisbatan ko‘rilgan qonuniy choralar to‘g‘risidagi tayyorlangan ma'lumotlar o'qib eshitirdi hamda tanqidiy muhokama qilindi.

Shu bilan birga, tadbir davomida komplayens-nazorat xizmati bosh mutaxassisi N.Abdaliyev so‘zga chiqib, “O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari” mavzusida maʼruza qildi hamda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmalari tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida amalga oshirilgan chora-tadbirlar, mavjud kamchiliklar va tizimli muammolar to‘g‘risida axborot berdi.

Tadbir yakunida Korrupsiya nafaqat har bir tizimni balki uni sodir qilgan insonning yaqinlari va oilasini ham yemirishi mumkinligi tushintirildi.



Report Page