"Korrupsiyaga qarshi kurashish-Vatan taraqqiyotining Kafolatidir".

"Korrupsiyaga qarshi kurashish-Vatan taraqqiyotining Kafolatidir".



“Hududgaz Jizzax” gaz ta'minoti filiali majlislar zalida “9-dekabr-Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bag‘ishlangan Aksilkorrupsiya oyligi doirasida "Korrupsiyadan holi jamiyat sari" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda filial rahbariyati, viloyat prokuraturasi mas’ul xodimi, shuningdek, filial, shahar va tumangaz gaz ta'minoti bo‘lim boshliqlari hamda boshqalar ishtirok etdi.

 Tadbirda so‘z olganlar tomonidan dastlab korrupsiyaning millat taraqqiyotiga bolta uruvchi illat ekanligi, unga qarshi kurashish, oldini olishda har bir fuqaro mas'ulligi alohida ta'kidlab o‘tildi. Xususan, xodimlarning kasbiga sadoqati, halol va vijdonan ishlashi, o‘ziga bildirilgan ishonchni suiiste'mol qilmasligi, korrupsiya kurinishlari, guruxbozlik va davlat mulkini talon-taroj kilish xolatlaridan uzlarini saklashlari, ushbu salbiy xolatlarni sodir etgan shaxslar albatta konun oldida javobgarligi mukarrar ekanligi, korrupsiya xolatlarining xar kanday kurinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda bulish va unga karshi ayovsiz kurashish barchaning eng ustuvor vazifalaridan biri deb belgilanganligi aloxida ta’kidlandi.


 Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi “O'zbekiston Respublikasida korrupsiyaga karshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tugrisida”gi PK-5729-sonli Karori, “Korrupsiyaga qarshi kurashish tugrisida”gi O'zbekiston Respublikasi Konuni, O'zbekiston Respublikasi VMning 2020 yil 31 dekabrdagi 829-sonli “Korrupsiyaga oid xukukbuzarlik xakida xabar bergan yoki korrupsiyaga karshi kurashishga boshka tarzda kumaklashgan shaxslarni ragbatlantirish tartibi nizom”ni tasdiklash xakidagi Karori, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6 iyuldagi “Korrupsiyaga karshi murosasiz munosabatda bulish muxitini yaratish, davlat va jamiyat boshkaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari tugrisida” gi PF-6257-son Farmoni xamda Uzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6 iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir kushimcha chora tadbirlar tugrisida”gi PK-5177-sonli Qarorlari mazmun moxiyatlari yuzasidan batafsil tushunchalar berildi.


 Shu o‘rinda “Hududgaz Jizzax” gaz ta’minoti filiali tomonidan qonunbuzilishlarni oldini olish maqsadida, soxa vakillarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni kuchaytirish, ushbu sohadagi qonunbuzilish holatlari yuzasidan xabar bergan shaxslarni himoya qilishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini joriy etish, xizmatchilarining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirib borish, ularda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish g‘oyalarini hayotga samarali tadbik etish muhim masalalar qatoridan joy olgan. 

Davra suhbati yakunida halol va mas'uliyat bilan kasbga yondashish jamiyat taraqqiyotida muhim jihatligi yana bir karra uqtirib o‘tildi.


"Hududgaz Jizzax" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati.

Report Page