Korrupsiyaga qarshi kurash bugungi kunning dolzarb masalasi

Korrupsiyaga qarshi kurash bugungi kunning dolzarb masalasi


Korrupsiyaga qarshi kurashish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Kadastr agentligi tizimida so‘nggi yillarda korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, samarali va shaffof yer nazorati tadbirlarini amalga oshirishga mo‘ljallangan “E-yer nazorat” AAT dasturi ishlab chiqildi. “E-yer nazorat” AAT yaratilishi natijasida Yer va kadastr nazorati sohasida yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish va qurilish ishlarini amalga oshirishda huquqbuzarliklarni aniqlashdan bartaraf etilgunga qadar samarali davlat nazorati o‘rnatilishiga erishildi.

“E-yer nazorat” AAT dasturi joriy qilinishi natijasida ortiqcha qog‘ozbozlik va huquqbuzarlikni bartaraf etishda muddatlar qisqarishi va hujjat almashishni samaradorligiga erishildi va korrupsion holatlarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan holatlarning oldi olindi.

korrupsion holatlarni oldini olish maqsadida yer nazoratchi xodimlar nazorat tadbirlarini video tasvirlarga muhrlashga mo‘ljallangan maxsus Body kameralar bilan jihozlandi. Shu bilan birga, ortiqcha qog‘ozbozlikni yo‘q qilish, huquqbuzarliklarni joyning o‘zida tezkorlik va aniqlik bilan qayd etish imkonini beruvchi maxsus Planshetlar yer nazoratchilarga taqdim etildi. Endilikda kadastr inspektorlari mazkur qurilma orqali yer qonunbuzarlarning shaxsiga aniqlik kiritib, elektron ko‘rinishda maʼmuriy bayonnomani o‘sha joyning o‘zida rasmiylashtirish imkoniga ega bo‘ldi.

Joriy yilning 1 martidan eʼtiboran Toshkent shahri va Toshkent viloyatida sinov tariqasida nazorat tadbirlarini planshet va Body kameralardan foydalanib, yer qonunbuzarlikni joyining o‘zida elektron rasmiylashtirish ishlari yo‘lga qo‘yildi. 

Kadastr tizimida korrupsiyani oldini olishga qaratilgan bir qancha ishlar amalga oshirildi.

Jumladan:

· Inson omilini kamaytirish va shaffof mexanizmni joriy etish maqsadida Kadastr sohasi bo‘yicha aholiga ko‘rsatiladigan 11 ta xizmatlarni Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshirish yo‘lga qo‘yildi;
· Kadastr agentligida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishi bo‘yicha 10 ta normativ hujjatlar ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etildi;
· Xodimlar orasidagi qarindosh-urug‘chilik va manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq aniqlangan holatlar bartaraf etildi;
· 1097 ishonch telefoni faoliyati yo‘lga qo‘yildi; 
· O‘tgan 2023 yilning o‘zida agentlikning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida 4 mingdan ortiq maʼlumotlar, ommaviy axborot vositalarida 2 ming 600 dan ortiq chiqishlar, 100 dan ortiq matbuot tadbirlari o‘tkazildi;
· ISO 37001:2016 sertifikatini olish bo‘yicha dastlab korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida xodimlarning malakasi oshirildi.

Mana shu tadbirlar natijasi o‘laroq Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimi bo‘yichKadastr agentligi 71 ball bilan qoniqarli deb baholandi. Bu esa o‘z navbatida korrupsiya qarshi kurash borasida agentlik tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yil sayin samara berayotganidan dalolat beradi.

Ammo bu yo‘nalishdagi ishlar hali yetarli darajada emas deb hisoblaymiz. Kadastr tizimini batamom korrupsiyada holi qilish uchun tizimli ishlarda davom etishimiz kerak. Jumlada bunda aholining qo‘llab-quvvatlashi ayniqsa muhim.

Qadrli yurtdoshlar, hurmatli tadbirkorlar, agarda Siz kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishda tamagirlik va korrupsiya holatlariga, shuningdek, yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish hamda noqonuniy qurilish qilish holatlariga, yer oldi-sotdisi bilan shug‘ullanayotgan firibgarlar haqida maʼlumotga ega bo‘lsangiz huquqni muhofaza qilish organlariga yoki Kadastr agentligining 1097 qisqa raqamiga murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Korrupsiyaga qarshi kurashish, aholimizni firibgarlardan himoya qilish barchamizning burchimizdir.


Kadastr agentligi direktorining birinchi o'rinbosari
Atabek Allaberganov


Report Page