“Korrupsiyadan xoli jamiyat sari” mavzusida tanlov Nizomi

“Korrupsiyadan xoli jamiyat sari” mavzusida tanlov Nizomi


I. Umumiy qoidalar

1. Mazkur nizom “Korrupsiyadan xoli jamiyat sari” tanlovini (keyingi o‘rinlarda – tanlov) o‘tkazish tartibini belgilaydi.

2. 9-dekabr – “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi hamda bo‘lim tomonidan universitet talaba-yoshlari o‘rtasida o‘tkaziladi.

3. Tanlov mavzusi: “Korrupsiyadan xoli jamiyat sari”.

4. Tanlov yo‘nalishlari:

·     “Eng yaxshi videorolik”;

·     “Eng yaxshi maqola (publisistik) muallifi” mutaxassis yo‘nalish (Filologiya fakulteti) talabalari uchun;

·     “Eng yaxshi maqola (publisistik) muallifi” nomutaxassis yo‘nalish talabalari uchun;

·  “Eng yaxshi chizma rasm (plakat)” mutaxassis yo‘nalish (San’atshunoslik fakulteti) talabalari uchun;

· “Eng yaxshi chizma rasm (plakat)” nomutaxassis yo‘nalish talabalari uchun;

· “Eng yaxshi banner (ko‘rgazma elektron ko‘rinishda bo‘lishi kerak)”;

· “Eng yaxshi taqdimot (zoom platformasi orqali hakamlar hay’ati oldida himoya qilinadi)”;

6. Tanlovni o‘tkazish uchun universitet rektori tomonidan hakamlar hay’ati tarkibi tasdiqlanadi.

7. Tanlovda qatnashish uchun materiallar quyidagi https://t.me/BDU_KomplaensNazorat telegram manzilida o‘zbek va rus tillarida qabul qilinadi.

8. Tanlovda qatnashish uchun tayyorlangan materiallar 2023-yil 25-oktabr kunidan 2023-yil 15-noyabr kuniga qadar qabul qilinadi. Belgilangan muddatdan kechiktirib taqdim etilgan materiallar ko‘rib chiqilmaydi.

 

II. Tanlovning maqsad va vazifalari:

9. Tanlovning maqsadi:

– talaba-yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish yo‘llarini topish.

10. Tanlovning vazifalari:

– talaba-yoshlarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha savodxonligini oshirish;

– jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish;

– jamoatchilik e’tiborini korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga qaratish, shuningdek, ushbu sohadagi davlat organlarining faoliyati bilan yaqindan tanishtirish;

– korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish jarayonlariga keng jamoatchilikni jalb qilish orqali samarali jamoatchilik nazoratini ta’minlash;

 

III. Tanlovni o‘tkazish tartibi

11. Tanlov quyidagi ketma-ketlikdagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:

a) Tanlovni o‘tkazish haqida e’lon qilish;

b) Tanlov hakamlar hay’ati tarkibini shakllantirish va tasdiqlash;

d) Tanlovda ishtirok etishni xohlagan talaba-yoshlardan ijodiy ishlarni qabul qilish;

e) Tanlov hakamlar hay’ati tomonidan kelib tushgan ijodiy ishlarni mazkur nizom talablariga mosligini tekshirish;

f) Tanlov tashkilotchilari tomonidan g‘oliblarni taqdirlash.

 

IV. Tanlov hakamlar hay’ati

12. Tanlovga topshirilgan materiallar hakamlar hay’ati tomonidan baholanadi.

13. Tanlov hakamlar hay’atining tarkibi universitet rektori tomonidan tasdiqlanadi.

14. Tanlov hakamlar hay’ati tanlov jarayonida to‘plangan hujjatlarni ko‘rib chiqish, ishtirokchilar tomonidan topshirilgan materiallarni baholash, bo‘yicha ish olib boradi.

15. Tanlov hakamlar hay’ati nomzodlar materiallarini ko‘rib chiqish, materiallarni baholash mezonlariga asosan shaffof baholash, materiallarni ko‘rib chiqmasdan qoldirish, g‘oliblarni aniqlash haqida va boshqa qarorlarni qabul qiladi.

16. Tanlov hakamlar hay’ati a’zolarining kamida uchdan ikki qismi baholash jarayonida ishtirok etgan taqdirda qaror qabul qilishga vakolatli hisoblanadi.

 

V. Tanlov ishtirokchilarini ro‘yxatga olish va materiallarga qo‘yiladigan talablar

17. Tanlovda ishtirok etish uchun ijodiy ishlarni https://t.me/BDU_KomplaensNazorat telegram manziliga jo‘natish lozim.

18. Tanlovga topshirilgan materiallar quyidagi mezonlarga muvofiq ko‘rib chiqiladi: materialning e’lon qilingan mavzu va texnik talablarga muvofiqligi; ko‘chirilmaganligi (plagiat); g‘oyasining originalligi va ishning sifati.

Tanlovga topshirilgan materiallar odob-axloq qoidalari va qonunchilik meyorlariga zid bo‘lgan, inson qadr-qimmatini tahqirlovchi, zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi har qanday jumlalar, so‘zlar, tasvirlardan holi bo‘lishi lozim.

19. Nomzodlar tomonidan tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etilgan materiallar bo‘yicha izoh yoki sharh berilmaydi va ular egalariga qaytarilmaydi.

20. Tashkilotchilar tanlov materiallaridan keyinchalik ham foydalanish huquqini o‘zlarida saqlab qoladilar.

22. Tanlovga taqdim etilgan materiallar o‘zbek, rus, qoraqalpoq, ingliz tillarida bo‘lishi mumkin.

23. Tanlovga taqdim etilgan materiallar elektron ko‘rinishda https://t.me/BDU_KomplaensNazorat telegram manziliga taqdim etilishi lozim. “Eng yaxshi chizma rasm (plakat)” yo‘nalishi bo‘yicha tanlovga taqdim etilgan materiallarning chop etilmagan bo‘lishi lozim.

 

VI. Baholash mezonlari

24. “Eng yaxshi maqola” yo‘nalishi

1 Mavzuning to‘laqonli yoritilganligi, belgilangan mavzuga mosligi - 20 ball

2 Mavzuga doir materiallar muallifning o`z mustaqil ijodiy yondashuvi asosida yaratilganligi, ijodiy o`ziga xosligi - 20 ball

3 Mavzuga o‘tmish va zamonaviy muammolar nuqtayi nazaridan yondashilganligi - 20 ball

4 Mavzuning bugungi kunda eng dolzarb muammo darajasiga ko‘tarilganligini ochib beruvchi lavhalar, iqtiboslar (hikmatli so‘zlar, o‘gitlar, maqollar) bilan boyitilganligi - 20 ball

5 Ish sifati va belgilangan talablarga to‘la mosligi (hajmi 5-10 betdan oshmasligi publitsistik uslubda tushunarli bayon qilinganligi, Times New Roman 14 shriftda yozilganligi ko‘chirilmaganligi) - 20 ball

Jami: 100 ball

25. “Eng yaxshi viderolik” yo‘nalishi

1 Tanlov materialining belgilangan mavzuga mosligi va mavzuning to‘la qamrab olinganligi, yoritilganligi - 10 ball

2 Mavzuni ochib beruvchi lavhalardan o‘z o‘rnida foydalana olinganligi - 10 ball

3 Ijodiy o‘ziga xoslik mavjudligi (mavzuni yoritishda, uni taqdim etishda, mazmunida o‘zgacha yondashuvning mavjudligi g‘oyaning orginalligi, plagiat (ko‘chirilmaganligi)) - 20 ball

4 Ish sifati va belgilangan mezonlarga to`la mosligi (MP4 formatda bo‘lishi, 3-5 daqiqadan oshmasligi, 1920x1080 o`lchamda bo‘lishi) - 10 ball

Jami: 50 ball

26. “Eng yaxshi banner” yo‘nalishi

1 Tanlov materialining belgilangan mavzuga mosligi - 10 ball

2 Mavzuning to‘la qamrab olinganligi va yoritilganligi - 10 ball

3 Ijodiy o‘ziga xosligi, g‘oyaning orginalligi, plagiat (boshqa manbalardan ko‘chirilmaganligi) - 20 ball

4 Ishning sifati va belgilangan mezonlarga to‘la mosligi (elektron slayd ko‘rinishida taqdim etilishi) - 10 ball

Jami: 50

27. “Eng yaxshi taqdimot” yo‘nalishi

1 Tanlov materialining belgilangan mavzuga mosligi va to‘la qamrab olinganligi - 10 ball

2 Mavzuga doir materiallar muallifning o`z mustaqil ijodiy yondashuvi asosida yaratilganligi, g‘oyaning orginalligi, plagiat (boshqa manbalardan ko`chirilmaganligi) - 10 ball

3 Mavzuning bugungi kundagi eng dolzarb muammo darajasiga ko‘tarilganligini ochib beruvchi ma’lumotlardan foydalanilganligi - 20 ball

4 Ishning sifati va belgilangan mezonlarga to‘la mosligi (taqdimot ko‘rinishida taqdim etiladi) - 10 ball

Jami: 50 ball

28. Eng yaxshi chizma rasm (plakat) yo‘nalishi

1 Tanlov materialining belgilangan mavzuga mosligi va mavzuning to‘la qamrab olinganligi - 10 ball

2 Mavzuning o‘tmish va zamonaviy muammolar nuqtayi nazardan yondashilganligi - 10 ball

3 Ijodiy o‘ziga xoslik mavjudligi (mavzuni yoritishda, uni taqdim etishda g`oyaning orginalligi,plagiat(ko`chirilmaganligi))- 20 ball

4 Ish sifati va belgilangan mezonlarga to‘la mosligi (A2 o`lcham (formatdan) kichik bo‘lmasligi qo‘lda chizilgan bo`lishi kerak) - 10 ball

Jami: 50

                                                          

VII. Tanlov g‘oliblarini taqdirlash

29. Tanlov g‘oliblari va sovrindorlari haqidagi ma’lumotlar 1-dekabr sanasiga qadar e’lon qilinadi.

30. Tanlov g‘oliblari tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovg‘alar va diplom bilan taqdirlanadi. 

VIII. Yakuniy qoidalar

31. Tanlovga material taqdim etgan har bir ishtirokchi o‘z materialining mualliflik huquqi egasi ekanligiga kafolatlashi va uchinchi shaxslarning intellektual huquqlarini buzmasligini tasdiqlashi shart.

Materiallarda uchinchi shaxslarning intellektual huquqlari obyektlaridan foydalanilgan taqdirda, ishtirokchi mualliflarni ko‘rsatishi va ishtirokchining ushbu intellektual huquq obyektidan foydalanish huquqiga ega ekanligini tasdiqlashi shart.

Uchinchi shaxslarning intellektual huquqlarini buzganligi uchun tanlov ishtirokchilari amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘ladilar.

32. Tanlov ishtirokchilari tomonidan taqdim etilgan materiallar uchinchi tomonlarning intellektual huquqlarini buzgan bo‘lsa, ushbu holat yuzasidan tanlov tashkilotchilari javobgar hisoblanmaydi.

33. Tanlov ishtirokchilari tashkilotchilarga taqdim etilgan materiallarni tahrir qilish, sharhlar va tushuntirishlar berish, muallif haqidagi ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda foydalanishga ruxsat beradi.

34. Tashkilotchilar tanlov materiallaridan quyidagi shakllarda (korrupsiyaga qarshi kurashishda ijtimoiy reklama sifatida) hamda ommaviy axborot vositalarida, internet platformasida, ijtimoiy tarmoqlarda, ko‘rgazmalar, forumlar va boshqa tadbirlar doirasida foydalanishi mumkin.

Tashkilotchi tanlov materiallaridan foydalanganligi to‘g‘risida hisobotlar taqdim etish majburiyatini olmaydi.

35. Tanlov hakamlar hay’ati quyidagi huquqlarga ega:

– materiallarning mavzuga mosligini aniqlash;

– materiallar tanlov nizomi talablariga to‘g‘ri kelmagan taqdirda, materiallarni tanlovdan chetlatish;

– ayrim materiallarni yanada xolisroq baholash uchun hakamlar hay’ati a’zolaridan tashqari soha mutaxassislarini jalb qilish.

             36.Tanlovning universitet bosqichida yuqori (1,2,3) o‘rinlarni egallagan talabalar universitet rahbariyati tomonida diplom va qimmatbaho sovg`alar bilan taqdirlanadi.





Report Page