Korrupsiyadan holi tizim

Korrupsiyadan holi tizim


Bugun Kadastr agentligi rahbarining topshirig‘iga asosan Namangan viloyatida bo‘lib turgan Davlat kadastrlari palatasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi Yuldashev Timur Nurullovich rahbarligida Namangan viloyati kadastr tizimi xodimlari uchun “Kadastr sohasini korrupsiyadan holi tizimga aylantiramiz” mavzusida profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda boshqarmalarning bo‘lim boshliqlari, tumanlar va shahar bo‘limlari, filiallar boshliqlari, inspektorlar hamda muqaddam korrupsiyaga doir jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etgan soha mutaxassislari jami 65 nafar xodimlar qatnashdilar.

Tadbirni Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari F.Mirzabayev kirish so‘zi bilan ochib tadbirning asosiy maqsadi va korrupsiyani oldini olishga qaratilgan vazifalar haqida maʼruza uchun so‘zni T.N.Yuldashevga berdi.

Maʼruzachi Kadastr agentligi tizimida respublika miqyosida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida va Namangan viloyati kadastr tizimida bu yo‘nalishda bajarilgan ishlar, erishilgan yutuqlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar haqida tahliliy maʼlumot berib o‘tdi. Hamda barcha tuman rahbarlaridan korrupsiyani oldini olish uchun qanday takliflar borligi haqida o‘z fikrlarini bildirishni so‘radi. Bu masalada Davlat kadastrlari palatasining viloyat boshqarmasi murojaatlar bilan ishlash shoʻbasi (I.Sarimsakov), Pop tuman filiali (J.Esonaliyev) va Kadastr agentligining Mingbuloq tuman bo‘limi (A.Shodmonov) rahbarlari o‘zlarining fikr va mulohazalarini bildirdilar.

Shundan so‘ng, so‘z olgan Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi M.Nurmatov so‘nggi yillarda sohada korrupsiyani oldini olish, xodimlarda ushbu illatga qarshi murosasizlik hissini shakllantirish yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar haqida maʼlumot berdi.

Xodimlarni huquqiy savodxonligini oshirish, ular bilan individual tartibda ishlash, tuman rahbarlarining diqqat eʼtiborini joylarda muntazam ravishda profilaktik tadbirlar o‘tkazib borishlariga, korrupsiyaviy jinoyat va huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan xodimlarni bu illatdan qaytarish o‘ta muhimligiga qaratdi.

Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan bir qator savollarga to‘laqonli javob oldilar.  


Matbuot xizmati.

Report Page