Korrupsiya xavfidan ogoh bo'laylik!

Korrupsiya xavfidan ogoh bo'laylik!


Kadastr tizimida korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashishga yo‘naltirilgan navbatdagi umumiy profilaktika tadbiri Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Chortoq tumani bo‘lim va filiali xodimlari bilan o‘tkazildi. Unda Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.Tursunbev hamda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalarining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari M.Nurmatov va A.Obidovlar, bo‘lim va filial rahbarlari, kadastr muhandislari, topograflar va inspektorlar ishtirok etdilar.

Tadbir avvalida boshqarma boshlig‘i M.Tursunbev tuman filialiga yangi tayinlangan rahbar Sh.Komilovni ishtirokchilarga tanishtirgandan so‘ng barcha xodimlarni diqqat e’tiborini korrupsiya illatidan uzoq bo‘lishga qaratdi.  Korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga murosasiz bo‘lish, turli nopok shaxslardan ehtiyot bo‘lish va ijro intizomiga rioya qilish zarurligini uqtirdi.

Shundan so‘ng Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi - boshqarma ma’naviyat va ma’rifat kengashi raisi o‘rinbosari M.Nurmatov xodimlarga hayotiy tajribadan kelib chiqib korrupsiyaning insonning o‘ziga, oilasiga va qarindosh urug‘lari qanday salbiy oqibatlar olib kelishini jonli misollar bilan tushuntirdi, bilimli, ilmli, vatanparvar inson hech qachon korrupsiyaga yo‘l qo‘ymasligini alohida ta’kidladi.

Yig‘ilishda so‘z olgan A.Obidov bugungi profilaktik yig‘ilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, soha xodimlarining siyosiy va huquqiy ongini oshirish, korrupsiyaga murosasiz bo‘lish, huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan o‘tkazilayotgan tadbirlarda aniqlangan qonun buzilishlar va uni oqibatlari haqida ogohlantirish ekanligiga alohida urg‘u berdi. Korrupsiya balosiga giriftor bo‘lgan xodimlarning achchiq qismati haqida jonli misollar bilan tushuntirishlar berdi. Barcha xodimlarni ayniqsa yoshlarni davlat xizmatchisi sifatida vatanparvarlik, o‘z yurtiga, kasbiga  sadoqatli bo‘lish kabi fazilatlarni o‘zida shakllantirish va ishda o‘rnak bo‘lishi hamda  o‘z ustida ishlashi, ko‘proq kitob o‘qish zarurligini uqtirib o‘tdi.

Mazkur profilaktik tadbirda xodimlarni savollari, takliflar boshqarma boshlig‘i M.Tursunbev tomonidan tinglandi va yechimlari taklif qilindi. Ochiq, samimiy, ishchanlik va o‘zaro hurmat ruhida o‘tgan tadbirda tegishli qaror qabul qilindi.

Maqsadimiz esa, kadastr sohasini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish va xalqimizga beminnat kadastr xizmati ko‘rsatishdir.

 

Matbuot xizmati.

Report Page