Korrupsiya taraqqiyot kushandasi

Korrupsiya taraqqiyot kushandasi


Korrupsiya bilan hech qachon maqsadimizga erisha olmaymiz

                                          (SH.Mirziyoyev).

Korrupsiya...Naqadar vayronokor oqim.Jamiyat taraqqiyotining rivojidagi eng katta to’siq.Butun dunyo bo’ylab kezib yurgan bu illat necha davrlardan buyon butun dunyo hamjamiyati oldidagi asosiy yechimini kutayotgan muammolardan biri bo’lib,barchani birdek tashvishga solib kelmoqda.Inson zoti yaralibdiki doimo harakatda,u doimo izlanuvchan:nimalarnidir kashf qilsa,yana nimalarnidir vayron qilishga qodir bo’lgan jamiyatning bir bo’lagi.Umri davomida harakatda bo’lar ekan qilgan amallari,ezgu ishlari amalga oshirayotgan tadbirlari tufayli jamiyatda o’z mustaqil fikriga,o’zining ovoziga ega bo’lgan inson sifatida o’z o’rniga ega bo’ladi.Qaysi sohaga nazar tashlamaylik korrupsiyaning biron bir ko’rinishi namoyon bo’lmasa.Biron bir muammo yechimiga chora izlab qolsak bosh qotirishdan ko’ra uning oson yo’lini izlab qolamiz.Xalqimiz orasida ‘’quruq qoshiq og’izni yirtadi’’,’’Amaldorga bir narsa bermasang ishing bitmaydi’’kabi gaplar aqidaga aylanib qolgan.Poraxo’rning o’ziga xos maqoli ham bor:’’Men olmasam barbir boshqasi oladiku’’.Natijada esa ishni oson bitirish yo’llarini qidirib topamiz.Bu esa manqurtlik alomati emasmi?Ilm fan cho’qqilarini egallash,jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish,hayotda faqat halol mehnat bilan rizq topib yeyish,vatan uchun,shu aziz va muqaddas tuprog’i oltinga teng buyuk yurt uchun manfaati uchun beminnat xizmat qilish –bularning barchasi Hazrati insonga xos yuksak fazilatlardan emasmi.

Jumladan adabiyotimizning shoh asari bo’lgan ‘’O’tkan kunlar’’romanida xalqparvar siymo Yusufbek hoji tilidan quyidagi fikrlar mansabparast va poraxo’r kimsalarga nisbatan aytilgan:’’Men ko’p umrimni shu yurtning osoyishtaligi uchun sarf qilib,o’zimga azobdan boshqa hech bir qanoat hosil qilmadim.Ittifoqni ne elo ekanini bilmagan,yolg’iz o’z manfaati,shaxsiyati yo’lida bir-birini yeb ichgan mansabparast,shuhratparast va dunyoparast muttahamlar Turkiston tuprog’idan yo’qolmay turib bizning odam bo’lishimizga aqlim yetmay qoldi’’.

 Vatanimiz taraqqiyoti,kelajagi biz kelajak avlod qo’lida ekan,yurtboshimiz bizga bildirgan yuksak ishonchlaridan oqilona foydalangan holda shu yurt,shu muqaddas zamin ravnaqi yo’lida birgalikda yagona kuch bo'lib birlashaylik


  Suvonqulova Sadoqat Furqatovna 

Buxoro davlat Universiteti xorijiy tillar fakulteti 3-bosqich talabasi

Report Page