"Korrupsiya taraqqiyot kushandasi"

"Korrupsiya taraqqiyot kushandasi"

"Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti matbuot xizmati "June 02, 2023

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Veterinariya profilaktikasi va davolash fakultetida "Korrupsiya-taraqqiyot kushandasi" mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig'ilishda Universitet korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo' limi boshlig'i F.To'rayev, Universitet rektor maslahatchisi Z.Shodmonov, Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring boshlig'i X.Norboyev, Veterinariya profilaktikasi va davolashfakulteti dekani Sh.Qurbanov, dekan o'rinbosarlari, kafedra mudirlari hamda fakultet professor-o'qituvchilari ishtirok etishdi.

Korrupsiya dunyo miqyosida hal etilishi lozim bo‘lgan global muammolardan biridir. Ushbu illat har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib kеladi. Shu bois unga qarshi kurash xalqaro ahamiyat kasb etib, jahon siyosatining muhim masalalari qatoridan joy olgan. 

Ma’lumki, bu

illatning kеlib chiqish sabablarini aniqlash, korrupsiyaga qarshi kurashning

samarali yo‘llarini topish bo‘yicha mutaxassislar, turli institutlar va xalqaro

tashkilotlar tomonidan yuzlab, minglab tadqiqotlar o‘tkazilgan. O‘ziga xos

rеytinglar tuzilib, har xil ko‘rsatkich va raqamlar qayd etilgan jadvallar

yaratilgan. Hatto korrupsiyaning xilma-xil ko‘rinishidagi

formulalari ham ishlab chiqilgan. Hanuzgacha, barcha millatlar uchun qo‘l kеladigan qarshi kurashda asqotadigan yagona yechim yo‘q. Shunday ekan,

har bir millat mazkur illatga qarshi kurashish stratеgiyasini o‘zi bеlgilaydi.

VETERINARIYA PROFILAKTIKASI VA DAVOLASH FAKULTETI AXBOROT XIZMATI 

Report Page