Korrupsiya-millat zavoli

Korrupsiya-millat zavoli


Zooinjeneriya fakultetida "Korrupsiya-millat zavoli" mavzusida yig'ilish bo'lib o'tdi. Ushbu yig'ilishda Universitet korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo' limi boshlig'i F.To'rayev, Universitet rektor maslahatchisi Z.N.Shodmonov, Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring boshlig’i X.Norboyev, Zooinjeneriya fakulteti dekani O.S.Boymatov, dekan o'rinbosarlari hamda fakultet professor-o'qituvchilari qatnashishdi.

Yig'ilishda jamiyatning har bir sohasida, xususan, ta'lim sohasida korrupsiyaga qarshi kurashishni yanada kuchaytirish, u bilan bog'liq ayrim xatti-harakatlarni to'liq va to'g'ri qo'llash lozimligi, bunda "noqonuniy boylik orttirish” "uchinchi shaxslarning moddiy manfaatlarini ko'zlab tamagirlik qilish” kabi harakatlarni kriminalizatsiyalash masalalarini ko’rib chiqish vaqti kelganligi va hozirgi kunda jamiyatimizda karrupsiyaga qarshi barchamiz yakdillik bilan kurashishimiz zarurligini ta'kidlab o'tildi.

Shu bilan birga korrupsiya va poraxo’rlik qilgan shaxslarga qanday jazolar kutib turganligini, buning oqibatlari haqida tushunchalar berib o’tildi va hozirda boshlangan yakuniy imtixonlarga ham barchamiz sergaglik va halollik bilan yondashishimiz shartligi ta'kitlandi.

Bundan tashqari yakuniy imtixonlar grafigidan chetga chiqmagan holda imtixonlarni tashkillashtirib, baholarni o’z vaqtida Hemis tizimiga qayt etib borish aytib o'tildi.


🏛Axborot xizmati


Report Page