Korrupsiya - zalolatga yo‘l

Korrupsiya - zalolatga yo‘l


Kadastr tizimida korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashishga yo‘naltirilgan navbatdagi umumiy profilaktika tadbiri Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Kosonsoy tumani bo‘lim va filiali xodimlari bilan o‘tkazildi. Unda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalarining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari M.Nurmatov va A.Obidovlar, bo‘lim va filial rahbarlari, kadastr muhandislari, topograflar va inspektorlar ishtirok etdilar.

Tadbir avvalida so‘z olgan M.Nurmatov ijro intizomiga rioya qilish, qonun hujjatlarini o‘rganish, doimo o‘z ustida ishlash va bilimini oshirib borish lozimligi haqida gapirib o‘tdi. Xodimlarni turli firibgarlarning hiyla nayrangiga uchrab korrupsiya illatiga ilakishib qolib tizim obro‘siga putur yetkazmasliklari, korrupsiya zalolatga yetaklovchi yo‘l ekanligini jonli misollar bilan tushuntirib berdi. Ma’ruzachi bugungi kunda Respublika bo‘yicha “Dolzarb 40 kun” tadbirida faol bo‘lishga, o‘z xizmat vazifalarini suiiste’mol qilmaslikka, noqonuniy yer uchastkalariga ega bo‘lgan fuqarolar bilan suhbatda hech kimga yerga bo‘lgan huquqni qonuniylashtirib berish, kadastr hujjati tayyorlab berish haqida va’da bermaslikka chaqirdi.

Shundan so‘ng so‘z olgan A.Obidov bugungi profilaktik yig‘ilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, soha xodimlarining siyosiy va huquqiy ongini oshirish, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga murosasiz bo‘lish, ijro intizomiga rioya qilishga chaqirishdan iborat ekanligini gapirdi. Shuningdek, bugungi kunda huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan tezkor tadbirlar o‘tkazilayotganligi haqida ogohlantirdi. Bundan tashqari Davlat kadastrlari palatasi raisining 2024-yil 2-maydagi “Davlat kadastrlari palatasi tizimida xodimlarning mehnat intizomiga rioya qilish borasidagi mas’uliyatini oshirish to‘g‘risida”gi 10-04-son buyrug‘ining mazmun mohiyatini yig‘ilish ishtirokchilariga yetkazdi.

Mazkur profilaktik tadbir samimiy, ishchanlik va o‘zaro hurmat ruhida o‘tdi. Maqsadimiz esa, kadastr sohasini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish, mamlakatimizda kadastr idoralariga bo‘lgan ishonchni shakllantirishdir.

Matbuot xizmati.

Report Page