"Korrupsiya - taraqqiyot kushandasi" mavzusida davra suhbati tashkil etdi.

"Korrupsiya - taraqqiyot kushandasi" mavzusida davra suhbati tashkil etdi.

Axborot xizmati

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalari universiteti Mahsulotlarni qayta ishlash texnologiyasi va standartlashtirish fakultet yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari X.Mirzayev fakultetimizning 1-boaqich 103-guruh talabalari ishtirokida "Korrupsiya - taraqqiyot kushandasi" mavzusida davra suhbati tashkil etdi.

Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatdagi obro’-e’tibori, avvalambor, farzandlarimizning unib-o’sib, ulg’ayib, qanday inson bo’lib hayotga kirib borishiga bog’liqligi, biz bunday o’tkir haqiqatni hech qachon unutmasligimiz zarurligi haqida alohida so'z yuritildi.

Korrupsiya nima? Korrupsiya mamlakat taraqqiyotini ortga surib, kelajkni xavf ostida qoldiradi. Ayniqsa, ta’lim sohasidagi korrupsion holatlar bugungi kunda yetuk mutaxassislar, jahon andozasi darajasidagi kadrlar tayyorlashni asosiy maqsad qilib olgan mamlakatimiz oldida turgan dolzarb masalalardan biridir. Dunyoda rivojlanish va taraqqiyot yo‘lini tanlagan har bir davlat eng avvalo korrupsiya, ta’magirlik, poraxo‘rlik kabi salbiy illatlarga qarshi murosasiz kurash olib boradi.Aks holda, bunday jirkanch illatlarning tomir otishiga yo‘l berilsa, o‘sha joyda taraqqiyot va rivojlanish boy beriladi.Respublikamizda olib borilayotgan islohotlardan ko‘zlangan maqsad xalqimizni hayotdan rozi qilish va eng muhimi, davlat idoralari bevosita xalq ichiga kirib borib, muammolar bilan tanishayotgani o‘zining ijobiy samarasini bermoqda.

Albatta bu jarayonda rahbarlarning mas’uliyatini oshirish va o‘ziga bildirilayotgan ishonchni oqlash hamda ta’magirlikka yo‘l qo‘ymaslik borasida ko‘plab qaror va farmonlar qabul qilindi.

🌐M.Q.I.T.S_fakulteti axborot xizmati

✍️S.Abdunabiyev

Report Page