Koronavirus va yoshlar

Koronavirus va yoshlar


O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyat Kengashi tomonidan joriy yilning 16 iyun kuni soat 11:00da "Yoshlar sog‘lom turmush tarafdori" shiori ostida "Koronavirus va yoshlar" mavzusida ZOOM dasturi orqali onlayn muloqot o‘tkaziladi.                             

🎗Ushbu muloqot mehmonlari viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi vrach-epidemiologi, Navoiy shahar tibbiyot birlashmasi oliy toifali, yuqumli kasalliklar shifokori hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi mas'ul xodimi                    
Muloqotning asosiy maqsadi:                                                                          
🔹Viloyat yoshlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, tibbiy madaniyatlarini yuksaltirish;                                                       
Koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish, COVID-19 kasalligi bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumotlar berish;                                                                                        
Hozirgi kunda O‘zbekistonda kasallikni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, viloyatdagi epidemiologik vaziyat bo‘yicha yoshlarni ogohlantirish;                     
🔸Bugungi pandemiya sharoitida aholi, ayniqsa yoshlar tomonidan sodir etilayotga jinoyatchilikni oldini olish va huquqiy bilimlarini yanada oshirishdan iborat.                                
📲 Taklif va murojaatlar uchun: @aminovnaferuza

 Telefon raqam: +998 99 750-62-53



Report Page