Koronavirus qanday yuqadi? Olimlar narsa-buyumlar yuzasidan «tirik viruslar»ni topisha olmadi

Koronavirus qanday yuqadi? Olimlar narsa-buyumlar yuzasidan «tirik viruslar»ni topisha olmadi

ZARBDORLIKLAR
Xabar.uz

Koronavirus ustida tadqiqot o‘tkazgan Germaniyaning Bonn universiteti Virusologiya va VICh tadqiqotlari instituti olimlari virusni yuqtirishning deyarli yagona yo‘li COVID-19 kasaliga chalingan insonlar bilan uzoq muddatli yoki yaqin muloqot, degan to‘xtamga kelishdi. Bu haqda institut rahbari Xendrik Shtreyek ma’lum qildi, deb yozmoqda RBK.

Institut 46 tasi o‘lim bilan tugagan 1,4 mingdan ortiq koronavirusni yuqtirish holati qayd etilgan Germaniyaning Xaynsberg shahrida oxirgi haftalarda katta tadqiqot olib bordi.

Tadqiqotchilar narsa-buyumlar yuzasidan «tirik viruslar»ni topisha olmadi.

«Eshik tutqichlari, telefonlar, hojatxonalardan olingan namunalardan laboratoriya sharoitida viruslarni tiriltira olmadik», — dedi Shtreyek.

Institutning xulosasi shu: narsa-buyumlardan koronavirusni yuqtirish ehtimoli o‘ta past.

Berlindagi Charité universiteti virusologi Kristian Drosten ham xuddi shunga o‘xshash xulosaga kelgandi. Uning aytishicha, sezuvchanligi juda yuqoriligi bois koronavirus havoda qurib qoladi. Shuning uchun ham u kasal inson bilan yaqin muloqot qilinganda faqat tomchi yo‘li orqali o‘tishi mumkin.

Rossiyalik epidemiolog Nikolay Briko ham koronavirus havoda yarim soat, uzog‘i bilan uch soatda halok bo‘lishini aytib, virus faqatgina yaqin muloqot qilganlar o‘rtasida tarqaydi, degan fikrni bildirgandi.

Telegram: @Zarbdor


Report Page