Koronavirus: ijtimoiy tarmoqlar va internet-gigantlar nima qilmoqda

Koronavirus: ijtimoiy tarmoqlar va internet-gigantlar nima qilmoqda

Tarjima
Illustratsiya: Tipping Toast Media

Ulkan auditoriya ulkan ijtimoiy mas’uliyatni talab qiladi. Sizga kompaniyalar koronavirus to‘g‘risida ma’lumotlar tarqatishda qanday yordam berayotganini hikoya qilib bermoqchiman. Ushbu postning ayniqsa muhimligi – bu yerda barcha ham qo‘llashi uchun ma’qul bo‘lgan "best practices" jamlangan.

Dunyoda

Google:

• "koronavirus" so‘rovi bo‘yicha batafsil tavsiyalarni ko‘rsatmoqda, videomaslahatlar ham o‘rin olgan

• Google Play’da "koronavirus" so‘rovi bo‘yicha javoblarni yashirib qo‘ydi

Facebook:

• niqoblar reklamasini, koronavirusdan qutqaruvchi deya va’da qilinayotgan e’lonlarni taqiqlamoqda, hukumat vakillari bilan kimlarni aniq taqiqlash (ban qilish) bo‘yicha aloqani sozladi, turli fitna nazariyalari va shu kabilarni yashirmoqda

• virus to‘g‘risida asosiy ma’lumotlarni berayotgan JSST va shu kabi tashkilotlar postlarini tekinga targ‘ib qilyapti 

• tadqiqotlarni moliyalashtiryapti, o‘z anonim ma’lumotlarini (aholi zichligi va boshqalar) virus qay darajada tarqalishi mumkinligini tushuncha hosil qilish uchun taqdim etmoqda

• virus to‘g‘risidagi so‘rovdan so‘ng maxsus pop-aplarni darhol ahvol yomon bo‘lgan mamlakatlarda yangiliklar tasmasida ko‘rsatyapti

Instagram:

• feyklarni (soxta) o‘chirmoqda, ba’zi postlarni fakt-chek hamkorlarga jo‘natyapti

• heshtegni bosganda JSST va mahalliy tashkilotlarga havolalarni ko‘rsatyapti

• qidiruvdagi o‘zaro bog‘liq so‘rovlarda ilk tavsiya qilinadigan sahifalar qatorida JSST va UNICEF’ni chiqaryapti

• ba’zi mamlakatlarda foydali manbalarga yangiliklar tasmasining boshidayoq havolalarni chiqaryapti

• tegishli tashkilotlardan tashqari barchaning virus bilan bog‘liq AR-effektlarni taqiqlayapti

YouTube:

• koronavirus to‘g‘risidagi roliklar uchun monetizatsiyani (videolar tomoshasiga qarab moddiy rag‘batlantirish) yoqdi, lekin faqatgina tekshirilgan mualliflar uchun (YouTube’ning maxsus sertifikatiga egalar/axborot agentliklari)

• besh mamlakatda koronavirus to‘g‘risida asosiy materiallarga olib boruvchi infobloklarni ishga tushirdi

• virus to‘g‘risidagi davlat va notijorat materiallarini tekinga targ‘ib qilyapti

• virus to‘g‘risida feyk (soxta xabarlar) tarqatilayotgan videolarni taqiqlamoqda

Viber:

• guruh qo‘ng‘iroqlari ishtiokchilarining maksimal sonini ikki baravarga oshirdi

WhatsApp, Twitter:

• koronavirus to‘g‘risida feyk tarqatuvchilarni taqiqlamoqda (ban qilmoqda)

Rossiyada

Yandeks:

• tegishli qidiruv so‘roviga ko‘ra virus to‘g‘risidagi bosh ma’lumotli batafsil javobni yozdi, u doimiy tarzda yangilanib turadi

• koronavirus to‘g‘risidagi asosiy yangiliklarga ega kanalni ishga tushirdi, u bosh sahifadagi bildirishnomalar bo‘limida ko‘rinadi

• virus tarqalishi xaritasini chiqardi

Mail:

• virus yuqtirganlar sonini ko‘rsatuvchi informerni hamda ijtimoiy tarmoqlardan keladigan yangilik va xabarlar uchun alohida sahifa ochdi

• ICQ’da ma’lumot bilan ta’minlovchi kanalni ishga tushirdi

VKontakte: 

• butun yangiliklar tasmasi va menyu ostiga JSST tavsiyalari bo‘lgan maqolalar bilan to‘la peshlavha ilib qo‘ydi

• koronavirus to‘g‘risida feyk tarqatuvchilarni ban qilmoqda

Odnoklassniki:

• 150 tasdiqlangan manbalardan virus to‘g‘risidagi postli yangiliklar uchun alohida tasmani ishga tushirdi

• foydalanuvchi asosiy tasmasiga muhim e’lonlarga havola bo‘lgan qismni qo‘shmoqda


Bolalarga balli (respekt, hurmat), virus yuqtirmaslik uchun nima qilish kerakligini qancha ko‘p odam bilsa, shuncha yaxshi, mabodo kimdir yuqtirib olsa ham hammamiz ogoh bo‘lib turamiz.

Agar sizning korxonangiz bu kurashda yordam qo‘lini cho‘zmagan ekan – siz nimanidir noto‘g‘ri qilyapsiz.


manba: digital review


Report Page