Koronavirus Nima ?

Koronavirus Nima ?

@Muslimbek Hoshimov

1) Koronavirus o'zi aslida nima?


Koronavirus - 40 ga yaqin turdagi viruslarni o'z ichiga olgan viruslarning katta bir oilasi. 


2) Ular kimlarda uchraydi? 


Ko'pchilik tibbiyot sohasi mutaxassislari bilganlaridek, viruslar har bir tur uchun spetsifik bo'ladi. Ya'ni, odamlar, qushlar, sutemizuvchilarning ma'lum turlarining o''z viruslari mavjud. Bu viruslar faqat shu turdagi organizmnigina zararlay oladi. Bizning qahramonimiz bo'lgan koronavirusning ham deyarli barcha turi qushlar va sutemizuvchi hayvonlardagina kasallik keltirib chiqaradi.


3) Bu koronavirus oilasidagi hamma virus ham kasallik keltirib chiqaqradimi?


Agar savolga umumiy qaralsa, javob "HA". Chunki, aytib o'tilganidek, ularning har biri o'z egasida o'ziga xos kasallik keltirib chiqaradi. Lekin, odatda odam viruslari hayvonlarga, hayvon viruslari esa odamlar uchun zararsiz!


4) Nega unda odamlar koronavirusga chalinishmoqda?


Bunga asosiy sabab koronavirusning o'z ko'rinishini o'zgartira olgani. Boshqacha aytganda, u odamni ham zararlay oladigan ko'rinishga kelib olgani. Bu haqida keyinroq batafsil.


5) Oldin ham koronavirus chiqqani rostmi?


Ha, rost. Mana shu oilaga mansub bo'lgan 3 turdagi virusgina hayvonlardan odamlarga yuqishga muvaffaq bo'lgan. Bular:


- SARS-CoV turdagi koronavirusi 2002-2003-yillarda Xitoyda aniqlangan. U odamlarda atipik pnevmoniya va o'tkir respirator hastalik ko'rinishida namoyon bo'lgan. Kasallik albatta sutemizuvchi hayvonlardan yuqqan. Bu virusga o'sha vaqtda 8273 kishi chalingan va shundan 775 kishi halok bo'lgan (o'lim ko'rsatkichi 9,6% )


- MERS-CoV turdagi koronavirus dastlab 2012 yilda qayd etilgan. Keyinchalik Saudiya Arabistonining Jiddah shahrida 2014 yilda epidemiyaga sabab bo'lgan. Virus bilan 2494 ta odam kasallangan va shundan 858 nafari halok bo'lgan (o'lim ko'rsatkichi 37%). 2015 yilda esa xuddi shu virus Janubiy Koreyada ham aniqlandi, lekin 183 kishi kasallangan va 33 ta bemor halok bo'lgan va kasallikni tarqalishiga yo'l qo'yishmagan. Bu virus yaqin sharq respirator kasalligini keltirib chiqargan.


- SARS-CoV-2 ( COVID-19 ) koronavirus turi 2019 yilda Xitoyda dastlab qayd etildi va bizning postimiz qahramoni ham shu virus hisoblanadi.


Kanalga ulanish uchun: @etmedical


6) COVID-19 qayerdan kelib chiqdi? 


Bu virus aytib o'tilganidek, sutemizuvchi hayvonlardan odamlarga yuqqan. Aynan qaysi hayvonlar ekanligi esa nCoV-19 virusi RNK izchilligini o'rganish va solishtirish orqali ko'rshapalak va yana bir qancha sudralib yuruvchilar va zirhlilar oilasiga mansub hayvonlar deb tahmin qilinmoqda, lekin haligacha aniq bir hayvon ko'rsatilgani yo'q. 


7) Internet va xalq orasidagi XItoyliklarning hamma narsani yeyaverishligidan kelib chiqdi degan xabarlar qanchalik to'g'ri?


Birinchidan, bu virus havo-tomchi yo'li orqali yuqtirilgan. Hazm traktiga mabodo tushib qolsa ham, bu virus oshqozon-ichak trakti kislotaliligi va uning hazm fermentlari ta'sirida hazm bo'lib, biz uchun kasallik emas, ovqat bo'lib qoladi😁


Ikkinchidan, virus keltirib chiqaradigan kasallik ham hazm trakti emas, balki respirator kasalik, demak virus o'z effektini ko'rsatish uchun to'g'ridan to'g'ri nafas yo'llari shilliq pardasiga kirib borishi kerak. (98% holatda albatta)


Shuning uchun ham Xitoyliklarning baqa yeyishi, sichqon bolalarini tiriklayin yeyishi, abort qilingan chaqaloqlarni yeyishi degan vahimali, lekin jirkanch ma'lumotlarga mutlaqo ishonish kerak emas!!!


8) nCoV-19 virusi qanday yuqadi?


Havo tomchi, havo-chang va kontakt yo'llari orqali yuqadi. Bu nima degani?


- virus bilan kasallangan bemor aksirganda, yo'talganda undan ajralgan respirator tomchilar (havo orqali)


- bemor bilan qo'l berib ko'rishish (qo'lga yopishgan virusli tomchilar orqali)


- bemor ishlatgan dastro'mol, salfetka va boshqa materiallar orqali


- bemor ushlagan eshik tutqichlari, zinapoya to'siqlar, umuman jamoat joylaridagi qo'l tegishi mumkin bo'lgan deyarli barcha jismlar.


9) O'zimizga yuqtirmaslik uchun nima qilishimiz kerak?


- qo'l berib ko'rishishni cheklash


- jamoat joylaridagi kishi qo'li bilan ko'p ushlashi mumkin bo'lgan buyumlarga tegmaslik;


- aholi gavjum hududlarga iloji boricha bormaslik, zarurat bo'lmaganda ko'chaga, aholi gavjum joylarga, kafe, restoran, klublar, ko'ngilochar joylar, ovqatlanish shahobchalari kabilarga bormaslik;


- qo'llarni tez-tez sovunlab yuvib turish, yuvganda ham tirnoqlar osti va barmoqlar orasini ham yaxshilab yuvish, yuvish muddati 20 sekunddan kam bo'lmasligi;


- qo'l bilan virus yuqishi mumkin bo'lgan T-zona ( ikki ko'z, burun va og'iz) ni hadeb ushlamaslik;


- VA UMUMAN VAHIMAGA TUSHMASLIK!!!


- to'yib ovqatlanish va uhlash; 


- jismoniy ishlar, badan tarbiya va sport mashg'ulotlari bilan shug'ullanish.


10) nCoV-19 bilan kasalangan bemorlarda qanday klinik simptomlar kuzatiladi?


- o'tkir respirator kasallik va pnevmoniyaga xos bo'lgan deyarli barchasi. 


- quruq yo'tal;


- isitma;


- umumiy holsizlik;


- nafas olishning qiyinlashishi.

 (yuqoridagi belgilar asosan 95-98% bemorlarda kuzatiladi.)


Qo'shimcha belgilar bo'lishi mumkin (2-3 % bemorlarda)


- burun bitishi, burundan suyuqlik oqishi;

- ich ketishi;

- qorin og'rig'i singari gastroenterit belgilar.


11) Yuqorida aytilgan simptomlar kuzatilganda nima qilish kerak?


Birinchidan, boshqalarga yuqtirmaslik choralarini ko'ring, o'zingizni emas, siz sabab kasallanishi mumkin bo'lgan minglab insonlar hayotini o'ylang va quyidagilarni amalga oshiring:


- uyingizdan tashqariga chiqmagan holatda shifokorga qo'ng'iroq qiling (ayniqsa, yaqin kunlarda chet davlatlaridan kirib kelgan bo'ldsangiz yoki biror shunday kishi bilan muloqotda bo'lgan bo'lsangiz) ;


- qancha erta murojaat qilsangiz, shuncha yaxshi;


- yo'talsangiz yoki aksirsangiz og'iz va burningizni ro'molcha, salfetka, yoki tirsagingiz bilan yopib berkiting. KAFTINGIz BILAN EMAS!!!


- qo'lingizni doim sovunlab yuving, boshqalarga qo'l cho'zib ko'rishmang;


- ENG ASOSIYSI VAHIMAGA TUSHMANG!!!


12) Virus organizmda qancha yashashi mumkin?


Xitoylik mutaxassislarning fikricha, kasallik organizmga tushgandan to uni chiqib ketgunicha kamida 37 kun vatq ketadi. Shundan 14 kuni virus uchun latent davr hisoblanadi. Ya'ni virusni yuqtirib olgan kishi kasallik belgilarini 14 kungacha sezmasligi mumkin. Lekin bu davr mobaynida u kasallikni tashuvchi bo'lib hisoblanadi, ya'ni o'zi kasal ekanini bilmay turib boshqalarga yuqqtiraveradi (o'zi bilmagan holatda). Bu esa o'sha odamda laborator tekshiruv orqali virus qayd etilguniga qadar bir necha ming kishiga yuqtirishi mumkin degani. Butun jahonni tashvishga solayotgan narsa ham aynan mana shu latent davr va kasallik yuqumlilik ko'rsatkichining yuqori ekanligi.


13) Virusning yuqumlilik darajasi qanday?


Hozirgi ma'lumotlarga ko'ra bu kasallikning yuqish ko'rsatkichi 2,2 - 2,6 ga teng. Bu degani bir bemor bir kunda 2-3 kishiga yuqtirish ehtimoli mavjud.


Demak, bugun bittasi, ertaga unga yana 3 ta qo'shiladi va 4 kishini tashkil qiladi kasallanganlar. Ular endi yana 3 kishidan yuqtirganda, 3*4=12 ta. O'zlari bilan birga jami 12+4=16 ta bemor ikki kunda. 

ertasiga esa 16*3=48 ta, o'zlari bilan birga esa 48+16=54 ta. Demak bir kishi uch kunda kamida 50 kishini zararlasa, 14 kunda bu ko'rsatkich minglarni tashkil qiladi. Ya'ni virus geometrik progressiya kabi juda tez o'sib boradi.


Ya'ni, o'zi kasal ekanini bilguniga qadar minglab odamni kasallantirgan bo'ladi.  


Gripp virusi bilan bu holat solishtirilsa


Gripp virusining yuqish ko'rsatkichi 0,3 ga teng. Ya'ni, siz ikki uch kun ichida bir kishiga yuqtirishingiz mumkin. Shu sababdan ham hozirda gripp juda tez tarqalib ketmaydi.


14) Virus organizmga qanday ta'sir qilmoqda?


Bilasizki, inson organizmidagi deyarli barcha hujayralar o'z antigen markerlariga ega. Bu antigenlarga nisbatan organizm tolerant, ya'ni o'z hujayralari antigenlariga qarata antitanacha sintezlamaydi. Antitanachalar faqatgina yot antigenlar uchun sintezlanadi. 


Tashqaridan organizmga respirator yo'l orqali kirib kelgan antigen dastlab Nafas yo'llaridagi makrofaglar (Langergans hujayralari) tomonidan fagotsitoz qilinadi va ularning antigen determinantlarini o'z membrana yuzasida boshqa immun hujayralariga namoyish qiladi, ya'ni organizmga shunday antigen tashrif buyurgani haqida jar soladi.


SARS-CoV-2 yoki nCoV-19 virusi esa mana shu hujayralarning oldiga borib ularni aldaydi. Qanday qilib? 


Ularning antigen sezuvchi retseptorlariga o'zini yaxshi bola qilib ko'rsatadi.


Ya'ni, o'z yovuz antigen markeri ustidan "yaxshi bola" degan niqob kiyib oladi. Va shu niqob kimga tegishli bo'lsa shuning rolini o'ynaydi.


Buni bankni o'marmoqchi bo'lgan o'g'ri bankka seyfning kalitini o'zida olib yuradigan kishi qiyofasiga kirib olib pullarni bilintirmay olib qochganiga qiyoslash mumkin.


Respirator hujayralar membranasidagi ACE2 (angiotensin convertor receptor -2) retseptorga borib o'z koronasidagi S-oqsil yordamida birikadi. Natijada hujayra bu virusni o'zimizning fermentlardan biri deb o'ylaydi va o'z ichiga yutadi. Hujayra ichiga kirgan virusning nima qilishini barchangiz yaxshi bilasiz. 

Ko'payib bo'lgan viruslar hujayradan ekzotsitoz yo'li bilan chiqib ketadi va bu hujayra nobud bo'ladi.


15) Virus tashqi muhitda qancha yashaydi?


Mutaxassislarning aytishlaricha, virus


- qattiq jismlar ustida va soya joyda - 12 soatgacha;

- yumshoq matolarda - 6-12 soatgacha;


16) Qo'lni sovunlab yurish, xonalarni shamollatish va quyosh nuri tushishi uchun xonalar derazalarini ochish, pardalarni ko'tarish qanday ma'noga ega?


Bilasizki, virus kapsid oqsil qobiq bilan qoplangan. Bu qobiqsiz u yashay olmaydi. 


- Quyoshning ultrabinafsha nurlari ostida mana shu kapsid oqsillari denaturatsiyasi 15 daqiqada;


- Yuvish vositalari tarkibidagi aktiv kimyoviy moddalar sabab esa 20 soniyada denaturatsiyaga ushrashni boshlaydi.


DEMAK


- Xonalarni tez-tez shamollatish, kiyimlarni toza saqlash, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish sizni virusdan to'liq himoya qila oladi.


16) NEGA SHUNCHA VAHIMA?


Chunki, yuqorida aytilganidek, virus juda tez tarqaladi va latent davri yetarlicha uzoq. Bu kasallik aniqlanishi va davolasnishida katta to'siqlarni keltirib chiqaradi.


17) HAMMA O"LADIMI???


Albatta yo'q, bunday savol bo'lmasligi uchun quyidagi raqamlarni keltirmoqchiman:


- nCoV-19 bilan kasallanganlarning 95-97 % qismi sog'ayib ketmoqda, faqatgina 3-5 % qismi halok bo'lmoqda.


- Kasallanganlarning 15 % qismi og'ir o'tkazsa, 80% bemorlar hech qanday qiyinchiliksiz oddiy shamollash kabi boshidan o'tkazishmoqda;


- o'lganlarning 20% qismmi 80 yoshdan oshgan QARIYALAR, 17% qismi yurak-qon tomir sistemasi kasallari, 9 % qismi qandli diabetlar, 8% qismi respirator surunkali va o'tkir kasalliklari bor bemorlar, 7,5 % qismi esa saraton kasalligi bilan og'rigan bemorlardir.


O"LIMNING 99% QISMI ASLIDA KASAL BO'LIB TURIB, KORONAVIRUS KASALLIK USTIGA KASALLIK BO'LGAN OG'IR BEMORLARDAGINA KUZATILMOQDA. 


!!! Kasallangan Yoshlardagi o'lim holati umumiy ko'rsatkichga nisbatan deyarli NOL ko'rsatkichni tashkil etmoqda! O'zbekiston aholisining katta qismi yoshlar ekanligi inobatga olinsa, bizda bui kasallik juda yengil o'tadi, inshaAlloh


Shu sababdan ham, asosan yoshi katta yaqinlaringizni va yurak-qon tomir kasalliklari, qand kasali, saraton va boshqa respirator kasalliklar, umuman olganda bemorlaringizni yana bir qo'shimcha kasallik bilan kasalllanishlarini oldini oling!

Elyorbek To'raboyev

Report Page