Koreyaning "iqtisodiy poytaxti”ga borib ishlash osonlashdi
XalqaroViza tizimi yengillashishiga nima turtki berdi?
Shu yilning iyun oyida ikki mamlakat yetakchilari Toshkentda uchrashib, mavjud hamkorlikni jadallashtirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazgan va qator ikki tomonlama hujjatlar imzolangan edi. Bugungi kelishuvlarni so‘zsiz, ushbu yuqori darajadagi muloqotlar samarasi deyish mumkin.
Aytish kerakki, Ulsan “Koreya Respublikasining iqtisodiy poytaxti” yoki “Koreya Respublikasining sanoat poytaxti” hisoblanadi. Og‘ir sanoat, mashinasozlik, neftni qayta ishlash, kemasozlik va boshqa sanoat yo‘nalishlari juda ham rivojlangan. Nafaqat Koreyada balki, jahonda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan kompaniya va korporatsiyalar faoliyat olib boradi. Xususan, “Hyundai Motor”, “Lotte”, “Aramco Korea”, “Hyundai Heavy Industries”, “LG Chemicals”, “Samsung Heavy Industries” kabilar shular sirasidan.
Ushbu kompaniyalarga malakali ishchi kerak. Muloqotda O‘zbekistonda Koreya standartlari asosida kasb-hunarga tayyorlaydigan, zamonaviy “Ulsan kasb-hunarga o‘qitish markazi” ochishga kelishib olindi.
Bu qanday mexanizm? Ulsanda ishlash istagini bildirgan yurtdoshlarimiz yangidan ish boshlaydigan va dastlab “Hyundai” kompaniyasi uchun yuqori malakali ishchilarni yetkazib berishi kutilayotgan “Ulsan kasb-hunarga o‘qitish markazi”da 3 oylik o‘quv hamda ishlab chiqarish jarayonlariga ixtisoslashgan til kurslarini tamomlaydi. Saralash natijalariga ko‘ra ularga Ulsan shahar hokimligi viza beradi. Bu birinchi marotaba qo‘llanilayotgan amaliyot sanaladi
Qayd etildiki, bugungi kunda Ulsan shahridagi ishlab chiqarish obyektlariga 50 000 ga yaqin ishchi lozim. Loyiha ishga tushgach, dastlab yiliga 400 nafar, keyinchalik esa birgina Ulsan shahrining o‘ziga O‘zbekistondan 5 000 nafar malakali ishchini jalb qilishga kelishib olindi.
Shu yilning iyun oyida ikki mamlakat yetakchilari Toshkentda uchrashib, mavjud hamkorlikni jadallashtirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazgan edi. Bugungi kelishuvlarni so‘zsiz, ushbu yuqori darajadagi muloqotlar samarasi deyish mumkin.
Uchrashuv yakunida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Ulsan shahar hokimligi o‘rtasida “Malakali mutaxassislar tayyorlash va Ulsan shahrida bandligini ta’minlash bo‘yicha hamkorlik memorandumi” imzolandi.