Koreyada bilganlarim...
CEO of Fly Mir - Sirojiddin TulanovAssalomu Alaykum Aziz do'stlarim, Qadrdonlarim! Koreyada o'tgan Exchange academic 1 yilimni Ko'nglim to'lgan va ulgurmay qolgan ishlarim haqida, va qo'limdan kelgancha olgan ozmi- ko'pmi tajribam haqida bo'lishmoqchiman. O'zbekistonga qaytish soatlari yaqinlashgan sari vaqt juda sekin o'tayotgandek nazarimda. Yurt, Ota- Ona, Oila sog'inchi albatta borgan sari ortib borayapti. Mustaqil yashashni o'ziga yarasha qulayliklari bo'lgani bilan katta ma'suliyati ham bor albatta. O'zbekiston aksariyat yoshlari orasida " Korean dream" degan atama juda mashhur. Lekin bitta narsani unutmaslik kerak, chiroyli hayot o'zidan o'zi bo'lmaydi. Chet elda o'qimoqchi bo'lgan yoshlarga tengdoshlarimga bitta narsani aytib qolardim, Chet elga o'qishga kelishdan oldin maqsadni aniqlab olishsin. "Borgandan keyin bir gap bo'lar" qabiladi ish qilishsa maqsad ham yashash tarzi ham o'shanga moslashib qaysidir ma'noda kichkina " ramka" da yashashga o'rganib qolishadi. Afsuski juda ko'p eshitaman atrofimda O'zbek talabalarini ko'plarini o'qishga bormasdan ishda yurishganligidan Koreya Universitet Professorlari nolib qolishadi. Hammasini to'g'ri tushunaman kimdir oilasida yagona Investor Yoki kimdir o'qishni bitirib, To'y qilish harajatlarini o'zi qilishni hoxlaydi. Hammasini tog'ri balansda ushlab tursa bo'ladi albatta. Faqat biroz ko'proq mashaqqat talab qiladi holos. O'sha o'ylagan ishizni 1 yil oldin emas mayli, 1 yil keyin tugatarsiz lekin hamma sizdan xursand ham o'qishga vaqtida qatanashayotganligiz uchun. Tilni bilmaysizmi ? - O'rganing sizda shunaqa zo'r imkoniyat bor. Odamlar yillar sarflaydi, til o'rganishga Koreyada o'tgan 1 yilimdan shuni bildimki, qanchalik o'sha millat vakillari bilan muloqotda bo'lsangiz shunchalik tez ravon gapira olasiz o'sha tilda. Nimadir bilmadizmi o'sha zahoti o'qib so'rab o'rganishdan erinmang. Vaqti kelganda o'rganib olaman qabiladi ish qilmang hech qachon vaqtida o'rganmasangiz , vaqti kelganda o'rganish nimadir yo'qotish evaziga bo'lishi mumkin. Koreyada o' zbek talabalari ustidan nolidigan bir xolat bu - O'zbek talabalarini aytilgan joyga qo'shimcha yarim soat kech borishi. Vada berdilarmi vaqtida borishni ustidan chiqilar. Birinchi taasurot degan narsa Koreyada muhim juda. Birinchi kundan kechikdizmi sizga bo'lgan qiziqishi 30% ga kamayadi. Keyin yana O'zbek talabalarini eng katta xatosi nimanidir bilmadimi, yoki tushunmadimi oldin kelgan O'zbek tanishlaridan so'raydi. Bu eng katta xato. Chunki O'zbekchilikda bilasilar " Hech narsa qilmaydi ", " O'tib ketadi" qabiladi ish ko'rishni yaxshi ko'ramiz. Nimadir bilmadizmi, nimagadir tushunmadizmi albatta o'sha millatni vakilichalik hech kim to'g'ri javob beromaydi sizga. Qachonlardir Koreya xalqi uchun "American Dream" - Amerika hayoti orzu bo'lgan. Koreyani shunchalik rivojlanishi hamma sohada o'zidan o'zi bo'lmagan aytmoqchi bo'lganim O'zbekiston ham qaysidir xalqlar uchun " Role model" bo'ladigan vaqt keldi chamamda. Ilm izlab, tajriba uchun keladigan Vatanim uchun xizmat qilaman deydigan har bir yosh avlod vakili nimadir yaxshi narsani o'zi bilan Vatanga olib borib, u qaysi soha Vakili bo'lishidan qat'iy nazar o'sha yangilikni tatbiq qila olsa menimcha Chet eldagi hayoti bekorga o'tmagan bo'ladi. O'z ishini masteri bo'lgan odam pulni orqasidan yugurishi shart emas, pulni o'zi o'sha odamni topib keladi!!
Talaba - Nasiba Sultonova Facebook sahifasidan olindi.
Fly Mir Consulting Kompaniyasi sizga Koreyada nufuzi yuqori turuvchi hamda arzon narxlardagi o'qishlarga borishizga yordam beradi. Telegram Kanalimizni doim kuzatib boring @FlyMir +998 90 173 1700 Manzil: Andijon Shahar
