Koreya Respublikasi delegasiyasining 2023-yil 23-27-fevral kunlari Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi
Jizzax viloyati investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi
Joriy yilning 23-fevral sanasida Jizzax viloyatiga Koreya Respublikasining ishbilarmon davra vakillaridan tashkil topgan delegasiya tashrif buyurdi. Delegatsiyada tarkibida zamonaviy texnologiyalar, qayta tiklanuvchi energiya manbaalari, issiqxona, chiqindilarni qayta ishlash va IT sohalari bo‘yicha faoliyat yuritadigan Koreya kompaniya vakillari qatnashishdi. 23-fevral kuni delegasiya O‘zbekiston mehmonxonasiga kelib joylashishgan bo‘lsa, 24-fevral kuni ular kunni viloyat hokimligida viloyat hokimi E.Saliyev bilan uchrashishdan boshlashdi.

Viloyat hokimi muzokaralar davomida Jizzax viloyatining iqtisodiy imkoniyatlari haqida, hududda muvofaqiyatli amalga oshirilgan investisiya loyihalari haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tdi. Koreyalik tadbirkorlarni Jizzax viloyati iqtisodining drayver sohalari bo‘lmish, avtomobilsozlik, tekstil, qurilish materiallari ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, turizm va qurilish sohalarida investisiya loyihalarini tashkil etishda hamkorlik qilish taklifini berdi hamda viloyat hokimligi investorlarning hududdagi faoliyatlari qo‘llab quvvatlashda barcha amaliy yordamga tayyorligini maьlum etdi. Shu bilan birgalikda suhbat so‘ngida Jizzax viloyatida millatlararo hamdo‘stlik aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha ham alohida to‘xtalib o‘tdi. Jumladan Jizzax viloyatida tashkil etilgan Koreya madaniyati markazi haqida batafsil so‘zlab berildi.
Shundan so‘ng Koreyalik ishbilarmon davra vakillari “JIZZAX” MIZ ma’muriy binosiga viloyatdagi ishlab chiqaruvchilarning ko‘rgazmasiga qatnashish uchun va tadbirkorlarga taqdimot o‘tkazish uchun tashrif buyurishdi. Tashrif davomida Koreyalik mehmonlar viloyatda ishlab chiqariladigan sanoat mahsulotlari: tekstil mahsulotlari, avtomobil extiyot qismlari, qandolat mahsulotlari, qurilish materiallari kabi mahalliy ishlab chiqariladigan mahsulotlar bilan tanishishdi. Bundan tashqari Koreyalik ishbilarmon davra vakillari o‘zlari tomonidan Jizzax viloyatida amalga oshirishni taklif etayotgan innovasion loyihalar to‘g‘risida taqdimot o‘tkazishdi. Kunning ikkinchi yarmida delegasiya a’zolari viloyat hokimi o‘rinbosari N.Nurmatov hamrohligida “ADM JIZZAX” MCHJ korxonasining avtomobillar ishlab chiqarish korxonasiga tashrif buyurib, bu yerda KIA Bongo rusumli mini yuk mashinasini ishlab chiqarilishini boshlash bo‘yicha tashkil etilgan ochilish marosimida qatnashishdi.
Joriy yilning 25 fevral kunida delegasiya a’zolari Jizzax shahridan Zomin shahriga Zomin tumanining turistik salohiyati va u yerda tashkil etilgan ishlab chiqarish ob’yektlari bilan tanishish uchun tashrif buyurishdi. Tashrif davomida mehmonlar “Zomin-Farm” MCHJning dori vositalarini ishlab chiqarish korxonasiga tashrif buyurishib, u yerda dori ishlab chiqarish bo‘yicha tashkil etilgan ishlar bilan tanishishdi. Kunning ikkinchi yarmida delegasiya a’zolari Jizzax shaxriga qaytishib, “O‘zbekiston” mehmonxonasining konferensiya zalida tadbirkorlar bilan uchrashishdi.
Uchrashuvda qatnashgan tadbirkorlar:
- Viloyat Savdo sanoat palatasi boshlig‘i A.Raxmonqulov Yevroosiyo Savdo sanoat palatasi bilan hamkorlik qilish bo‘yiicha, ya’ni viloyatda ishlab chiqariladigan bazaltdan tayyorlangan qurilish materiallarini xorijga eksport qilish, hududda mevani qayta ishlash konsentrat ishlab chiqarish loyihasini tashkil etish bo‘yicha, Forish tumanida syement zavodini tashkil etish bo‘yicha;
- “DEYA” MCHJ korxonasi Koreyaning Energy Technology Service Co., Ltd va HIGH ENERGY CODEX kompaniyalari bilan o‘zining Jizzax shahridagi ishlab chiqarish binosida quyosh panellarini o‘rnatish bo‘yicha;
- “SOLAR ENERGY” MCHJ korxonasi Koreyaning Energy Technology Service Co., Ltd va HIGH ENERGY CODEX kompaniyalari bilan viloyatda quyosh panellarini ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha;
- “KAFOLAT XALOL” MCHJ korxonasi Koreyaning Buheung Construction & Landscape Architecture kompaniyasi bilan Jizzax shahrida joylashgan 600 kv.m.qurilish osti maydonga ega bo‘lgan bo‘sh turgan binosida tekstil ishlab chiqarish loyihasini joylashtirish bo‘yicha;
- “IT park” markazi vakillari Koreyaning G&G International va
U-PLEX soft kompaniyasi vakillari bilan markazda ta’lim olayotgan o‘quvchilarni salohiyatini oshirish uchun Koreyalik mutaxassislar yordamida masofaviy IT kurslarini tashkil etish va Koreyaning
IT kompaniyalari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha;
- Zarbdor tumani hokimligi va Koreyaning Energy Technology Service Co., Ltd kompaniyalari o‘rtasida tuman hokimligi binosiga quyosh panellarini o‘rnatish imkoniyatlari bo‘yicha;
- “CROWN RINA” MCHJ vakili Abdulayeva Uvayzi va G&G International kompaniyasi bilan malakali mutaxassislarni ish bilan ta’minlash imkoniyatlari bo‘yicha;
- Do‘stlik tumani hokimligi vakillari va EL.K.Eco Co.,Ltd kompaniyasi bilan tumanda chiqindini qayta ishlash orqali energiya olish investisiya loyihasini tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib borishdi. Koreyalik tadbirkorlar mahalliy tadbirkorlar tomonidan taklif etilgan ishlab chiqarish investisiya loyihalarini o‘rganib chiqishlarini maьlum qilishdi. Shu bilan birgalikda mazkur investisiya loyihalarini moliyalashtirishda mahalliy tadbirkorlar tomonidan qatnasha olish imkoniyatlarini mavjudligi to‘g‘risida ham muzokaralar olib borishdi.
26 fevral, yakshanba kunida Koreyalik mehmonlar Jizzax shahri hududida joylashgan “Jizzaxplastmassa” AJ va “IETL” MCHJ korxonalarining faoliyati bilan tanishishdi.
Tashrif so‘ngida, 27 fevral xaftaning dushanba kunida delegasiya a’zolari Viloyat kengayshlar uyi binosida Viloyat savdo sanoat palatasi bilan forumni yakuni qismini o‘tkazishdi. Uchrashuvda Viloyat Investisiyalar va tashqi savdo boshqarmasi mas’ul xodimlari va Viloyat Savdo sanoat palatasi boshqarmasi mas’ul xodimlari qatnashishdi. Koreya delegasiyasi ishtirokchilari va Viloyat Savdo sanoat palatasi o‘rtasida jami 8 ta zamonaviy texnologiyalar, qayta tiklanuvchi energiya manbaalari, issiqxona, chiqindilarni qayta ishlash va IT sohalarida investisiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha Memorandumlar imzolandi.

