💸 Kontrakt to'lovi
Kontrakt to'lovlari bo'yicha barcha savollarga javoblar • 24 апреля 2024 в 16:421) Kontrakt to'lovi qancha?
Javob: 2023-2024-yilning bir o'quv yili uchun kontrakt to'lovi 3000$ (dollar) ni tashkil qilgan. 2024-2025-o'quv yilining kontrakt narxlari esa tez orada e'lon qilinadi.
2) Grantlar yoki chegirmalar mavjudmi?
Javob: 2024-2025 o'quv yili uchun grant yoki kontrakt to'lovidan chegirmalar ajratilishi to'g'risida inshaAlloh e'lon qilamiz.
3) Kontraktni bo'lib to'lash imkoni mavjudmi?
Javob: Ha, kontrakt to'lovini yil davomida 3 ga bo'lib to'lash mumkin. Abituriyentlar o'qishga qabul qilingandan so'ng birinchi o'quv yili uchun kontraktning 50% ni to'lashlari lozim, qolgan qismini ikkiga bo'lib to'lashlari mumkin.
4) Kontrakt toʻlovidan tashqari yana qanday xarajatlar bor?
Javob: Toʻlov qilingandan soʻng deyarli hech qanaqa xarajatlar qolmaydi. O’quv yili boshlangandan keyin talabaning oʻquv qurollari va formasi uchun mablagʻ ketishi mumkin. Bulardan tashqari boshqa toʻlovlar yoʻq. Talaba kelganidan soʻng boʻladigan xarajatlarni akademiyani oʻzi qoplaydi. Bilet olish, viza, Turkiyada yashash uchun “Iqoma” hujjatini olish, akademiyagacha boʻlgan xarajatlar va boshqa xarajatlar buning ichiga kirmaydi.
Turkiyada yashash uchun kerak boʻladigan barcha hujjatlarda akademiya tomonidan yoʻl-yoʻriq koʻrsatiladi.
5) Shartnoma toʻlovining plastikdan oʻtkazish mumkinmi?
Javob: Albatta karta orqali toʻlovni amalga oshirish mumkin.
6) Boshqa davlatlardan pul oʻtkazish mumkinmi? (Rubl, Dollar, TL da)
Javob: Talaba yoki uning ota-onasi istalgan Davlatdan shartnoma to’lovini amalga oshirishlari mumkin.
7) Bir oiladan ikki kishi oʻqishsa toʻlov masalasi nima boʻladi? Bu holatlarda chegirmalar mavjudmi?
Javob: Akademiyada taʼlim olayotgan har bir talaba (oiladan necha kishi boʻlishidan qatʼiy nazar) belgilangan shartnoma toʻlovini toʻlaydi va hozircha chegirma mavjud emas.
Ijtimoiy tarmoqlarimiz: ⬇️
Instagram | Telegram | Web sayt | Facebook