Kontent prodyuser

Kontent prodyuser

Biz haqimizda

«Hilol Dasturlari» elektron kitob ilovalari bilan ishlaydi. Asosiy mahsulotimiz Hilol e-book. Uni ko'proq odamga yetkazish uchun reklama kreativlari va influencer hamkorliklarini boshqaradigan kontent prodyuser izlayapmiz.

Sharoitlar

  • Format: shtat, ofisda
  • Bandlik: to'liq stavka
  • Manzil: Olmazor metro bekati yaqinida

Vazifalar

Ssenariy va Kreativlar ishlab chiqish:

  • Hilol e-Book ilovasi hamda elektron kitoblar targ'iboti uchun har xil formatdagi (AIDA, Hook-Story-Offer, storytelling ko'rinishida) ijodiy ssenariylarini yozish;
  • Oylik va haftalik kontent-reja (Content Plan) hamda ssenariylar portfelini shakllantirish;
  • Kitoblardagi eng qiziqarli parchalar, iqtiboslar hamda ilovaning qulayliklarini ta'sirchan vizual va matnli kreativlarga aylantirish.

Influenser va Blogerlar bilan Ishlash:

  • Maqsadli auditoriyaga mos keluvchi influenserlar, blogerlar va kadrda chiquvchi (face) shaxslar bazasini shakllantirish va yangilab borish;
  • Hamkorlik shartlarini kelishish, reklama budjeti va formatlari bo'yicha muzokaralar o'tkazish;
  • Aniq va tushunarli Texnik Topshiriq (Brif/TT) tayyorlash hamda reklama chiqish sanalari va sifatini nazorat qilish.

Production (Suratga olish) Jarayonini Boshqarish:

  • Syomka va montaj menejeriga ssenariylar bo'yicha batafsil TT berish;
  • Suratga olish maydonchasida rejissyorlik va kadr orti nazoratini olib borish: spiker va blogerlar bilan ishlash;
  • Tayyor video va grafik kreativlarni qabul qilish, ularning ssenariy va brend talablariga mosligini (QC) tekshirish.

Matnlar va Kopirayting:

  • Ilova ichidagi bannerlar, push-xabarnomalar (Push notifications) hamda Telegram va email ommaviy xabarnomalari uchun sotuvchi va jalb qiluvchi matnlar yozish;
  • Aksiyalar va yangi kitoblar taqdimoti uchun xabardorlik matnlarini tayyorlash.

Oflayn Taqdimotlar va PR:

  • Oflayn kitob taqdimotlari hamda tadbirlarda qatnashib, u yerdan media-kontent (intervyular, atmosferik roliklar) yig'ish ssenariylarini tuzish va jarayonni tashkillashtirish.

Tahlil va Optimizatsiya:

  • Har haftada targetolog bilan birgalikda reklama kampaniyalari natijalarini (qaysi ssenariy konversiya bergani, qaysi biri ishlamaganini) tahlil qilish;
  • Tahlil natijalariga ko'ra keyingi haftalik ssenariylarga o'zgartirish va tuzatishlar kiritish.


Biz nimalarni taklif etamiz?

• Raqobatdosh maosh — tajribangiz va ko'rsatgan natijalaringizga munosib daromad.

• Qulay joylashuvdagi ofis — Olmazor metro bekati yaqinidagi shinam ofis.

• Mazali va bepul tushlik — kun davomida qulay va unumdor ishlashingiz uchun.

• Barcha zaruriy jihoz va obunalar — soha uchun kerakli bo'lgan barcha pullik servislar hamda texnik ta'minot.

• Sohadagi ustozlar yo'l-yo'riqlari — tajribali mutaxassislar bilan yelkama-yelka ishlash va kasbiy bilamlarni oshirish imkoniyati.

• Karyerada o'sish — bilim, ko'nikma va lavozim bo'yicha rivojlanish imkoniyatlari.

• Ahil va qo'llab-quvvatlovchi jamoa — har bir g'oya tinglanadigan, samimiy va sog'lom ish muhiti.

• Jamoaviy mashg'ulotlar— birgalikda hordiq chiqarish va qiziqarli jamoaviy mashg'ulotlar.


Talablar

  • Kontent, SMM yoki reklama sohasida kamida 1 yillik tajriba.
  • Qisqa videolar (Reels, TikTok) uchun ssenariy yozish tajribasi va namunalari.
  • O'zbek tilida savodli va jonli yozish.
  • Influencerlar yoki tashqi hamkorlar bilan muzokara olib borish ko'nikmasi.
  • Raqamlar bilan ishlay olish: qaysi kreativ qanday natija berganini ko'rish va shunga qarab yondashuv olib borish.
  • Bir vaqtda bir nechta vazifani muddatida yuritish.

Afzallik hisoblanadi

  • Mobil ilova yoki obuna asosidagi mahsulot marketingida ishlagan bo'lish.
  • Rus tilini bilish.
  • Kitob o'qishga qiziqish.


Ish uchun ariza qoldirish


Report Page