Kontent marketing nima – Bill Geytsning bashoratlari

Kontent marketing nima – Bill Geytsning bashoratlari

Bemaʼnaviyat marketolog


Kontent marketing nima va u qanchalar muhim? Balki, siz bu savolni Bill Geytsdan 20 yil avval so’rashingiz kerakmidi?

Geyts 1966–yil “Kontent – qirol” maqolasini yozgan edi (Balkim, aynan shundan so’ng kontent iborasi kelib chiqqandir). U internet orqali keladigan pullar aynan kontent tufayli kelishini bashorat qiladi.

Bill Geyts, shubhasiz, juda muvaffaqiyatli inson. Aynan shuning uchun ham, biz kontent marketing nima ahamiyatga ega ekanligi haqida uning fikrlarini e’tiborga olishimiz muhim. Biz janob Geyts aytgan keskin o’zgarishlarni kuzatdik. Lekin, siz “kontent marketing” strategiyasidan to’liq foydalanasizmi?

Kontent marketing deganda faqat “blog maqolalar”ni tushunmasligimiz kerak. Kontent marketing o’zida chop etilgan blog maqola bo’yicha tanlangan qidiruv kalit so’zi va maqolaning ijtimoiy tarmoqlardagi avtomatlashtirilgan distributsiyasini ham nazarda tutadi.


Kontent marketing strategiyasini amalga oshirishning bir necha usullari quyidagilardir:

DOLZARB VA SIFATLI KONTENTDAN BOSHLANG

Veb-kontent bilan ishlovchi xodimingiz yoki kotibangiz kontent yaratish bo’yicha professionallikka yoki yetarlicha ijodiy fikrlashga ega bo’lmasa, undan kontent yaratishni so’ramang! Kontentga professional yondashuvchi malakali jamoa lozim. Sizga muhim natijalarga erishishda yordam bera oladigan odamlarni ishga yollang.

Bar va restoranlar yetakchi yo’riqchisi Urbanspoon tashrif buyuruvchilarni jalb qilish uchun o’z kontentlarini miqdoriy oshirish zaruratini angladi. Ular CrowdSource kompaniyasini sharhlar va menyulardan tashqari kontentlar yaratish uchun yolladi. Ular gurmelarni yangi restoranlarni sinab ko’rishga, shuningdek, ovqatlar tayyorlash bo’yicha kishilar bilimini yaxshilashni maqsad qilishdi.

CrowdSource va Urbanspoon o’zaro hamkorlikda oziq-ovqat tavsiflari va ovqatlar to’g’risida boshqa qiziqarli ma’lumotlarni o’z ichiga olgan onlayn lug’at yaratishdi.

YUQORI KREATIV KONTENT

Kreativ kontent odatda juda tez shov-shuvga sabab bo’ladi.

O’zining suzish anjomlari innovatsiyalari bilan mashhur bo’lgan FINIS brendi o’zining eng sadoqatli xaridorlarini o’z brendining elchilari etib sayladi va ularning ijtimoiy tarmoq kontentlarini o’zining marketing strategiyasida foydalanishga qaror qildi.

ReadyPulsedan foydalanib, ular ijtimoiy tarmoqlarda yuqori ta’sir kuchiga ega top 1% dagi shaxslarni aniqladilar. “O’zingizni tanishtiring” kampaniyasi tugagach, ular 1511 ta kontentni qo’lga kiritdilar. Ushbu kontentlar 2,2 million kishilar e’tiborini torta oldi va 38 ming 458 nafar real xaridorlarni yarata oldi.



Ushbu kontentlar keyinchalik “Shop Now” sahifasida chop etildi.

Veb-saytga tashrif buyuruvchilarning 16 foizi ijtimoiy kontentlar orqali kelganini anglagan FİNIS tadqiqot guruhi ijtimoiy tarmoqlarda o’z iste’molchilari tomonida “na’muna”lar ko’rsatilishi brend uchun yuqori manfaat keltirganini anglab yetishdi. Strategiya samarali natijalar olib keldi. Mijozlarning buyurtmalari o’rtacha 73% ga va ularning brend bilan aloqalari faolligi 50% ga oshdi.


kontent marketing nima

UCHINCHI SHAXSLAR KONTENTLARIDAN FOYDALANING

Agar zarur miqdordagi kontentlarni o’zingiz yarata olmasangiz, muvaffaqiyatli hamkorlik qilishning bir necha yo’llari mavjud.

HD Vest mamlakat bo’ylab 4500 mustaqil moliyaviy maslahatchilariga ega moliyaviy va brokerlik/dilerlik xizmatlarini ko’rsatuvchi kompaniya. O’z sanoatida ajralib turishni istagan ushbu kompaniya o’z sohasida turli kontentlar yaratishi zarurligini anglasa ham buning uchun resurs va vaqti yo’qligidan aziyat chekardi.

Trapit texnologiyasi HD Vest maslahatchilariga kerakli kontentlarni onlayn topishga imkon berdi.

KONTENT MARKETING NIMA?

KONTENTNI KERAKLI AUDITORIYAGA TARQATING

Kontentni o’zimizda tutib turishimiz hech nimani anglatmaydi. Uni tarqatish orqali natijalarga erishish mumkin.

Kontentingizni ulashadigan boshqa kompaniyalar bilan yaxshi munosabatlar o’rnating. Bundan tashqari, bu jarayonni avtomatlashtirishingiz va kontentigizni faqat kerakli maqsadli auditoriyaga to’g’ri vaqtda yuborishingiz zarur.

NetLine “Hubspot”ga o’zining 20 turdagi elektron kitoblarni maqsadli auditoriyaga yetkazishga ko’maklashdi. Maqsadli auditoriya 10-1000 nafar xodimga ega bo’lgan Amerika kompaniyalari bilan aloqa o’rnatish edi. Ular e-kitoblarni aynan biznes egalari, menejerlar va marketing mutaxassislariga yetkazishni maqsad qilgan edi. Ular maqsadlariga erishdilar va muvaffaqiyatga yetishdilar.

Bill Geyts juda ham aqlli va donishmand odam – u kontent marketing nima ekanini yaxshi bilar edi. Bugungi kunda haqiqatan ham kontent marketing marketing sohasida “podshohdir”. Siz marketing strategiyangizga alohida e’tibor qaratishingiz lozim. Qimmatli va kreativ kontent yaratish, uni tarqatishni avtomatlashtirish va strategik tarqatish – juda ham muhimdir.

Kontentingizni o’qiganlar sizning keyingi mijozlaringiz bo’lishi mumkin. Shunday qilib, marketingning ushbu qismi haqida ehtiyotkorlik bilan o’ylang.

https://t.me/joinchat/AAAAAFicCGF6le_tp-QsEQ


Report Page