Konstruktiv muloqot ruhida

Konstruktiv muloqot ruhida

Enter Engineering Pte. Ltd.

Joriy yilning 29-mart kuni “Bunyodkor” ofisida Enter Engineering mehnat kollektivining V umumiy anjumani bo‘lib o‘tdi, unda amaldagi Jamoa shartnomasining 2023-yilda bajarilishi muhokama qilindi.

Loyihalar, ma’muriyat va kompaniya kasaba uyushma tashkiloti rahbariyatidan 48 nafar delegat ishtirok etgan anjuman oflayn va onlayn rejimda o‘tkazildi.

Bosh direktor o‘rinbosari — ma’muriy direktor Timur Abdullayev va Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Bobir Kenjayev Enter Engineeringning amaldagi jamoa shartnomasini bajarilishi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’ruza qildilar. Ular hisobot davrida jamoa shartnomasi va undagi bandlar ijrosini nazorat qilish maqsadida ish beruvchi va kasaba uyushma qo‘mitasi hamkorligida qator qo‘shma aksiyalar tashkil etilganini ta’kidladilar. Shuningdek, xodimlarning ish vaqti va dam olishini tashkil etish, ularni maʼnaviy va moddiy qoʻllab-quvvatlash, ularga sifatli tibbiy xizmat koʻrsatish, kafolat va kompensatsiya toʻlovlarini berish, madaniy va sport tadbirlarini oʻtkazish borasidagi ishlar hajmini koʻrsatuvchi statistik maʼlumotlar ham keltirildi.

Xususan, Timur Abdullayev o‘z ma’ruzasida ish beruvchining vazifalaridan biri ishchilarga xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlash ekanini alohida ta’kidladi. Kompaniya murakkab sanoat va yuqori texnologiyali, shuningdek, ijtimoiy ahamiyatga ega obyektlarni qurishga ixtisoslashgan, shuning uchun mehnat xavfsizligi masalalari birinchi o‘rinda turadi. Shu bilan birga, rahbariyat va kasaba uyushma tashkiloti tomonidan xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlash, xodimlarning sog‘ligini muhofaza qilish, ishlab chiqarishdagi shikastlanishlar va kasb kasalliklarining oldini olishning zamonaviy vositalari va usullarini joriy etishga katta e’tibor qaratilmoqda, buning evaziga loyihalarda baxtsiz hodisalar sodir bo‘lishi minimal darajaga tushirilgan. Bundan tashqari, u 2023-yilda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish, xususan, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan sug‘urta qilish, shaxsiy himoya vositalari, dori-darmon va gigiyena vositalari, ichimlik suvi xarid qilish, shuningdek, ishchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil etish uchun yetarli mablag‘ ajratilganini ta’kidladi. Shuningdek, Timur Ruslanovich ish haqini to‘lash muddatlariga har doim ham rioya qilinmasligiga e’tibor qaratdi. Shu bilan birga, hisobot davrida jamoa shartnomasini bajarish bilan bog‘liq kelishmovchiliklar va nizolar yuzaga kelmagan, hech kim o‘z majburiyatlarini buzganligi yoki bajarmaganligi uchun javobgarlikka tortilmagan.

So‘zga chiqqanlar orasida O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi vakillari: Respublika kasaba uyushmalari kengashi raisining birinchi o‘rinbosari — Energetika, neft-gaz va geologiya sohasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisining birinchi o‘rinbosari S.To‘xtayev, xalqaro masalalar bo‘yicha rais o‘rinbosari S.Egamberdiyev, ushbu tashkilotning tashkiliy bo‘lim mudiri F.Maxmudov Enter Engineering jamoa shartnomasi shartlarini bajarish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarga xolis baho berdilar.

Anjuman kun tartibidagi bahs-munozaralar doirasida konstruktiv muloqot bo‘lib o‘tdi, unda delegatlar ma’muriyat va kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan olib borilayotgan ishlarni muhokama qildilar va ochiq ovoz berish natijalariga ko‘ra faoliyat qoniqarli deb topildi.

Kasaba uyushmasi qo‘mitasi faoliyatiga oid masalalar ham ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi va istiqboldagi vazifalar belgilab olindi.

Report Page