Konstitutsiya-mustaqillik ramzi
Jizzax viloyat adliya boshqarmasiKonstitutsiya mustaqilligimiz ramzidir. Konstitustsiya yurtimizdagi har bir fuqaroning huquqiy kafolati hisoblanadi. Konstitutsiyani o'rganish esa o'z huquqlarimizdan foydalana olishdir.
Shu sababdan, Konstitutsiyaga kiritilayotgan o'zgartirish va qo'shimchalar shuningdek, qonunchilikdagi yangiliklar haqida fuqarolarni xabardor qilish yuzasidan joriy yilning 14-dekabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Jizzax viloyat hududiy boshqarmasida Jizzax viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'lim boshlig'i J.Karimov tomonidan huquqiy targ'ibot tadbiri o'tkazildi.
Shuningdek seminarda fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonun talablari bo‘yicha ham tushuntirish ishlari olib borildi va fuqarolarning seminar yuzasidan qiziqtirgan savollariga javob berildi.
/Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi/