"Konstitutsiya mening taqdirimda"
JIZZAX_AKMInson huquqlari haqida so‘z borgan turli davralarda: “Bir insonning huquqi ikkinchi insonning huquqi boshlanadigan joygacha davom etadi”, degan iborani ko‘p eshitib qolamiz. Haqiqatan ham, inson huquqlari – nafaqat huquq, erkinlik, qonuniy manfaatlar hurmat qilinishi va ta’minlanishini, balki bu boradagi burch hamda majburiyatlarga ham qat’iy amal qilinishini talab etadi.
Joriy yilning 10-iyul kuni Sharof Rashidov nomidagi Jizzax viloyat axborot-kutubxona markazida"Konstitutsiya mening taqdirimda" nomli "Kvest" jamoaviy o'yini tashkil etildi.Ushbu viktorinada Milliy gvardiya Jizzax viloyat boshqarmasi xizmatchilari hamda kitobxonlar klubi a'zolari ishtirok etishdi."Adolat" hamda "Kitobxonlar" guruhi o'rtasidagi bu bellashuv ikki bosqichdan iborat bo'lib,birinchi bosqichda huquqiy mavzuda testlar berilgan bo'lsa,ikkinchi bosqichda Konstitutsiyamizga oid savollar berildi.Qizg'in bahs-munozaralarga boy bo'lgan bu o'yinda "Kitobxonlar" jamoasi g'olib bo'lishdi hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.