“Konstitutsiya mening nigohimda” onlayn ko‘rik-tanlovi Nizom
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom “Konstitutsiya mening nigohimda” onlayn ko‘rik-tanlovini (keying o‘rinlarda ko‘rik-tanlov deb ataladi) tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu ko‘rik-tanlov onlayn tarzda “Konstitutsiya mening nigohimda” shiori ostida o‘tkaziladi.
3. Ko‘rik-tanlov “Barkamol avlod” respublika bolalar maktabi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Inson huquqlari Milliy markazi hamda Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar Parlamenti bilan hamkorlikda tashkil etiladi.
II. Ko‘rik-tanlovning maqsadi va vazifalari
4. O‘quvchi-yoshlar o‘rtasida huquqiy bilimdonlikni kuchaytirish, ularning hayot darajasi va sifatini oshirish, ijodiy salohiyatlarini, vatanparvarlik tuyg‘ularini, ular qalbida yot g‘oyalarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirish;
5. Yurtimizda o‘sib kelayotgan yosh avlodni huquqiy jamiyatga hurmat ruhida tarbiyalash va faxr tuyg‘usini shakllantirish, mustaqil va erkin fikrlovchi, qat’iy pozitsiyaga ega bo‘lgan yuksak bilimli, intellektual salohiyatli, mustaqillik tamoyillariga sodiq, jismoniy va ma’naviy jihatdan barkamol avlodni tarbiyalash va yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyatini yosh avlod ongiga chuqur singdirish.
III. Ko‘rik-tanlov yo‘nalishlari va materiallarga qo‘yilgan talablar
6. Ko‘rik-tanlovda 6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekistonning barcha o‘quvchi yoshlari ishtirok etishlari mumkin.
7. Ko‘rik-tanlov tasviriy san’at yo‘nalishda tashkil etiladi.
8. Ko‘rik-tanlov shartlari:
- Eng ma’noli chizilgan “Bolalarning konstitutsiyaviy huquqlari”ga oid rasm (rasm rassomchilik uslublari va qoidalari asosida chizilgan, bolalarning huquq va manfaatlarini ifoda etishga, ularni hurmat qilishga, tegishli huquqlarni himoya qilishga targ‘ib etishi zarur).
IV. Materiallarni qabul qilish va baholash
8. Ko‘rik-tanlovga materiallar: rasm – jpeg formatlarida qabul qilinadi.
9. Ko‘rik-tanlovda ishtirok etish uchun materiallar 2021 yil 24-noyabrdan boshlab 6-dekabrga qadar telegram orqali belgilangan formatda material muallifining F.I.Sh., hududi, tumani, maktabi, sinfi va telefon raqamini ko‘rsatgan holda @tmnn0 telegram manziliga yuborilishi zarur.
10. Ko‘rik-tanlovga kelib tushgan materiallar bolalarning huquq va manfaatlarini ifoda etishga, ularni hurmat qilishga, tegishli huquqlarni himoya qilishga targ‘ib etishi nuqtai nazaridan, ijodiy yondoshilganlik, g‘oyaviy serqirralik, ma’no va mazmundorlik, bolalarga xoslik mezonlariga asosan ko‘rib chiqiladi.
V. Ko‘rik-tanlov g‘oliblarini taqdirlash
11. Ko‘rik-tanlov g‘oliblari “Barkamol avlod” respublika bolalar maktabining diplomlari hamda qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlanadilar.
Ishtirokchilar quyidagi tartibda taqdirlanadi.
1 ta - I o‘rin;
1 ta - II o‘rin;
1 ta - III o‘rin.
Shuningdek, har bir hududdan bir nafardan eng faol ishtirokchilar sertifikat bilan rag‘batlantiriladi.
VI. Yakuniy qoidalar
12. Hakamlar hay’atining qarorlari, ekspert xulosalari asosida bo‘lishini inobatga olib, qayta ko‘rib chiqilmaydi. Ko‘rik-tanlovga materiallar ishtirokchilarning o‘zlari tomonidan yuborilishi lozim.