Konstitutsiya:

Konstitutsiya:

Millatning xohish va irodasi va farovon turmush tarzini ta’minlashga xizmat qiladigan, oliy yuridik kuchga ega qonun.



Konstitutsiya:

Millatning xohish va irodasi va farovon turmush tarzini ta’minlashga xizmat qiladigan, oliy yuridik kuchga ega qonun.

 

Mamlakatimiz istiqlolga erishgach, erkin va adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish, xalqni farovon hayot sari yetaklovchi huquqiy demokratik davlat qurishni bosh maqsad qildi. Huquqiy hujjatlarimiz uchun bosh g‘oya bo‘lib xizmat qiluvchi Konstitutsiyamiz ham xalqimizning fikri, takliflari asosida yangilandi.

Mamlakatimiz tarixida birinchi marta o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lgan va har qanday davlatning rivojlanish yo‘lini belgilab beruvchi oliy qonun hujjati referendumda bevosita xalq tomonidan qabul qilindi. U jadal sur’atlarda rivojlanib, aholi soni jihatdan o‘sib borayotgan Yangi O‘zbekistonning barcha ijtimoiy va siyosiy jihatlarini to‘liq qamrab olganligi, har bir sohani yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarning belgilangani, unda inson qadrining birinchi o‘ringa qo‘yilgani yanada ahamiyatlidir.

Xususan, Konstitutsiyamizning 25-moddasida yashash huquqi har bir insonning ajralmas huquqi ekani va u qonun bilan muhofaza qilinishi, inson hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir jinoyatligi, O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosi taqiqlanishi mustahkamlangan.

Darhaqiqat, yashash huquqi har bir insonning ajralmas va tabiiy huquqi hisoblanadi. Garchi davlat rahbarining tegishli farmoni bilan mamlakatimizda 2008 yilning 1 yanvaridan jinoiy jazo turi sifatida o‘lim jazosi bekor qilingan bo‘lsa-da, lekin Konstitutsiyada emas, balki jinoyat qonunchiligida o‘z aksini topgan edi.

Ayrim davlatlar o‘z tajribasida o‘lim jazosini qonunlar bilan bekor qilsa ham Konstitutsiyasida belgilanmagani bois, uni jazo sifatida qayta tiklash holatlari ham kuzatilgan. O‘lim jazosini taqiqlashni konstitutsiyaviy darajada belgilanishi bilan davlatimiz insonparvarlik g‘oyalariga sodiq ekanini butun dunyoga namoyon qilib, mamlakatimizda inson hayoti va qadri yuqori darajada himoya qilinishini yana bir bor tasdiqlaydi.

Sir emas, ilgari sudlanganlik olib tashlangandan yoki sudlanganlik holati tugallangandan so‘ng ushbu fakt shu shaxsning o‘ziga, uning hayotiga ta’sir etishi mumkin bo‘lmagan sharoitda, eng ajablanarlisi, uning oila a’zolari, yaqin qarindoshlari hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi uchrab turar edi.

Shaxsning sudlangani uning qarindoshlari huquqlarini cheklash uchun asos bo‘lmasligi to‘g‘risidagi norma xalqni qo‘rquvda ushlab turishga mo‘ljallangan.

Yoshlarni o‘z orzu-umidlaridan voz kechishga va qanchadan-qancha yosh oilalarni turmushdan ajrashishgacha majbur qilgan bunday taqiqlarga chek qo‘ydi hamda har bir shaxsning qonun va jamiyat oldida o‘zi javob berishi tamoyilining kafolati bo‘lib xizmat qildi.

 

Bosh qomusimiz “inson-jamiyat-davlat” paradigmasiga asoslanganligi, unda barcha toifalarning hatto jinoyat sodir etgan shaxslarning huquq va manfaatlari aks etganligi bilan ham alohida ahamiyatga ega hujjatdir.

 

 

Buxoro tumanlararo

iqtisodiy sud raisi                                    S.Kushshayev

 

Report Page