Konstitutsiya – baxtimiz qomusi

Konstitutsiya – baxtimiz qomusi


O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 28 yillik munosabati bilan joriy yilning
5-dekabr kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida “Konstitutsiyamiz – faxrimiz!” nomli bayram tabdiri bo’lib o’tdi.

Unda universitet rektori Alisher Umarov, Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputatlari Tursunoy Murotova, Muxtabar Xusanova, Toshkent davlat yuridik universiteti hamda TDPUning professor-o’qituvchilari va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda so’zga chiqqanlar bosh Qomusimiz haqida so’z yuritib, uning umuminsoniy va umumbashariy qadryatlar va xalqaro andozalarni o’zida mujassam etkanligi bilan ahamiyatlik ekanligini qayd etdilar. Shuningdek, soha mutaxassislari tomonidan Konstitutsiyamizning yaratilish tarixi, uning demokratik-huquqiy davlat barpo etish va inson manfaatlarini ta’minlashdagi ahamiyati, bosh Qomusimizning haqchilligi, xalqaro huquq normalariga mosligi haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Tadbir davomida IIV Akademiyasi tomonidan badiiy chiqishlar, qo’l jangi san’ati namoyishlari, shuningdek, TDPU talabalari tomonidan she’riy va musiqaviy chiqishlar yig’ilganlarga vatanparvarlik ruhi va bayramona kayfiyat tuhfa etdi.




Report Page