Konstitusiya - baxtimiz qomusi

Konstitusiya - baxtimiz qomusi


O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29yilligi munosabati bilan Agronomiya va biotexnologiya fakulteti tyutorlari Djumayeva Ozoda va Jumayev Nozim boshchiligida 13 -Biotex-21, 13-2 Biotex -21 guruh talabalari "Konstitutsiya -baxtimiz qomusi"deb nomlangan tadbir tashkil etildi. Davrani ochib berish uchun ilk so'zni Agronomiya va biotexnologiya fakulteti yoshlar bilan ishlash hamda ma'naviy ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan o'rinbosari I.R.Barakayev so'zga chiqib ,barcha bayram qatnashchilarni 8-dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29 yilligi munosabati bilan tabriklab o'zining samimiy tilaklarini bildirishdi . So'ng tadbirni boshlovchilar tomonidan boshlab berishdi.Bayram dasturida talabalar tomonidan Konstitutsiya, vatanni madh ettiruvchi she'rlar , kuy va qo'shiqlar yangradi. Bu tadbirda Konstitutsiyaning yaratilish tarixi ,moddalari aytib o'tildi.Tadbirdan asosiy ko'zlangan maqsad talaba yoshlar o'rtasida huquqiy savodxonlikni oshirish, hayotimizda Konstitutsiyaning o'rni naqadar muhim ekanligi to'g'risida talabalarga tushuncha berishdan iborat. Tadbir ko'tarinki ruhda bo'lib o'tdi.






Report Page