Konferensiyada ishtirok etish shartlari

Konferensiyada ishtirok etish shartlari

Kokand University

Taqdim etiladigan maqola dolzarb muammolar yechimiga bag‘ishlangan yoki muhim amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan masalalarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi lozim.

Konferensiya materiallarini nashr etish ko‘zda tutilgan bo‘lib, tezis hajmi 3-5 bet bo‘lishi kerak. To‘plam barcha mualliflarga elektron tarzda yetkaziladi.

Matn Microsoft Word redaktorida Times New Roman shriftida 14 o‘lchamda (interval 1,5) rtf, docx formatda rasmiylashtiriladi. Barcha havolalar tik qavs ichida [1] ilovada ko‘rsatilgan namuna asosida bo‘lishi kerak.

Tezis oxirida foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati beriladi.

Bayon etilgan ma‘lumotlarning ilmiy-nazariy asoslanganligi va metodologik jihatlari bo‘yicha muallif mas’ul.

Material nomi bosh (katta) harflar bilan markazga yoziladi, kichik harflar bilan muallifning familiyasi, ismi-sharifi, o‘qish joyi ko‘rsatiladi. Maqolaning qisqacha annotatsiyasi va kalit so‘zlari 7-8 ta bo‘lishi kerak.

Talabga javob bermaydigan holda rasmiylashtirilgan va belgilangan muddatdan kechiktirib topshirilgan materiallar chop etilmaydi.

Materiallar 2023-yilning 1-may sanasigacha qabul qilinadi.

Report Page