Konferensiya bo‘lib o‘tdi

Konferensiya bo‘lib o‘tdi


CHORVACHILIK VA TEXNOLOGIYALAR FAKULTETIDA "CHORVACHILIK VA QISHLOQ XO‘JALIGI SOXALARIDA TALABALAR MOBILLIGINI TASHKIL ETISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI" mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tdi

Universitetning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor T.I.Tayloqov so‘zga chiqib, iqtidorli yoshlarning innovatsion g‘oyalari va ishlanmalarining ilmiy asoslariga qaratilganligi, universitetda tahsil olayotgan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularni xalqaro integratsion jarayonlarda ishtirokini faollashtirish orqali korporativ innovatsion hamkorlikni mustahkamlashni ta’minlashdan iborat ekanligi, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borayotgan iqtidorli yoshlarning innovatsion g‘oyalari va ishlanmalarini tahlil qilish, baholash va rag‘batlantirishda muhim ekanligini ta'kidlab o‘tdi. 

Shuningdek, konferensiyada so‘z olgan fakultet dekani veterinariya fanlari bo‘yicha falsafa doktori,(PhD), B.Y.Nuriddinov, professor N.X.Xalilov, dotsentlar Sh.A.Ishniyazova, R.R.Ruzimuradovlar konferensiyaning mazmun-mohiyatiga to‘xtalib, bugungi kunda qishloq xo‘jalik mahsulotlarining sifati va xavfsizligini ta’minlashda xalqaro tajribalar, chorvachilik mahsulotlarini yetishtirshda innovatsiya texnologiyalarni joriy etishning dolzarbligi va agrar sohasidagi xalqaro tajribalar natijasida oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish qiyinlashayotgani, butun dunyo mamlakatlari oldida oziq-ovqat xavfsizligi dolzarb vazifalardan biriga aylanib borayotgani zero, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy barqarorlikni ta’minlashning garovi hisoblanishini ta’kidlab, bu yo‘lda talabalar puxta bilib olishlari, ilmiy izlanishlar olib borishi va aholini sifatli oziq-ovqat bilan ta’minlashda o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shishlari lozimligini aytib o‘tdi.

O‘z navbatida universitetda mobillik bo‘yicha taxsil olayotgan talabalardan O‘rmonchilik va aholi yashash joylarini ko‘kalamzorlashtirish ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich 313-guruh talabasi Toishibay Dilnaz “Tilia cordata”, 3-bosqich 313-guruh talabasi Nurbolat Arujan “Syringa vulgaris”. 

Shuningdek fakultetning qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich 305-guruh talabasi Krasilinkova Irina OFINU xalqaro loyihasi doirasida: “Sifatli qishloq xo‘jalik mahsulotlarining ozuqaviy xavfsizligini ta’minlash, Zooinjeneriya (qorako‘lchilik) ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich 401-guruh talabasi Akramova Amira “Qorako‘l xomashyosini sotish”, Zooinjeneriya ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich 202-guruh talabasi Toshtemirov Nodirbek “Zamonaviy innovatsion tovuqxona”, Zooinjeneriya (qorako‘lchilik) ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich 401 -guruh talabasi Ravshanov Behruz “O‘zbekistonda urchitiladigan ot zotlari” kabi mavzularda chiqishlar qilishdi. Konferensiya o‘z ishini “Сhorvachilik va qishloq xo'jaligi soxalarida talabalar mobilligini tashkil etish muammolari va yechimlari” kabi shoʻbalarga bo‘lingan holda davom ettirdi.


Axborot xizmati

Report Page