Kompyuterga ulangan printerni umumiy tarmoqqa chiqaramiz

Kompyuterga ulangan printerni umumiy tarmoqqa chiqaramiz

AzizBeK

Salom do'stlar, sizlar bilan UzHackerSW jamoasi. Bugun bir kompyuterga ulangan printerni umumiy tarmoqqa chiqarib boshqa kompyuterlar orqali chiqarishni sozlaymiz. Buning quyidagi ketma-ketliklarni bajarsak bas:

  1. Klaviaturadagi "Win logo + R" tugmalarini birgalikda bosamiz (win logo klavisha - bu klaviaturadigi yagona windowsni belgisi tushurilgan klavisha)

2. Shu yerga "control" deb yozamiz va enter klavishasini bosamiz

3. Bizda quyidagicha oyna ochiladi


4. U yerdan "Просмотр устройств и принтеров" bo'limiga o'tamiz

5. Bizda quyidagicha oyna ochiladi

6. U yerdan kerakli printerni tanlab, uni ustiga sichqinchani o'ng tugmasini bosamiz va "свойства принтера" kiramiz

7. Ochilgan oynada "Доступ" bo'limiga o'tib rasmda "2" raqami bilan belgilangan joyni belgilaymiz va "OK' tugmasini bosib chiqib ketamiz.

8. Endi shu tarmoqdagi ixtiyoriy kompyuter orqali printer ulangan kompyuter manzili (kompyuterning nomi yoki ip manzilini kiritib ulanishimiz mumkin). Bu quyidagicha amalga oshiriladi. Bizning misol kompyuterning manzili - 192.168.39.35

Klaviaturadagi "Win logo + R" tugmalarini birgalikda bosamiz (win logo klavisha - bu klaviaturadigi yagona windowsni belgisi tushurilgan klavisha) va kompyuterning manzilini kiritamiz - \\192.168.39.35 ko'rinishida va "OK" tugmasini bosamiz

9. Bizda quyidagicha oyna ochiladi


10. Ochilgan oynadagi printerni ustiga sichqonchani chap tugmasini 2 marta bosamiz va so'ralgan hamma narsaga ruxsat beramiz

printerga ulanish jarayoni
"Установить драйвер" tugmasini bosamiz
Drayverni o'rnatish jarayoni


Printerimiz omadli ulandi

Endi ixtiyoriy faylni chop etib tekshirib ko'rishimiz mumkin.

ESLATMA!!! Boshqa kompyuterlardan chiqarish uchun printer ulangan kompyuter yoqilgan holda bo'lishi va tarmoqqa ulanib turgan bo'lishi lozim. Aks holda chop etish amalga oshmaydi.

Kanalimizni kuzatib boring va o'z do'stlaringizni taklif eting. Kanalimizga o'tish uchun:

https://t.me/ITspeciallessons

Bizning saytimiz:

https://uzhackersw.uz

IT yo'nalishi bo'yicha boshqa kanallarimizga ham qo'shiling:

https://t.me/WindPro_UzH

Report Page