Kompyuter o'rganish orqali pul topish mumkinmi?

Kompyuter o'rganish orqali pul topish mumkinmi?

@kompyuter_akademiyasi

Kompyuterni shubha bilan o’rganayotganlarga jo’natamiz :)

Qancha vaqt sarflab kompyuterni o’rganyapmiz. Xo’sh, kompyuterga oid bilimlarimiz bizga qay darajada foyda keltiradi? Bu bilimlar orqali pul topsak bo’ladimi?

Kompyuterga oid bilimlar orqali pul topsa bo’ladi! Dastlab ushbu mavzu juda umumiy bo’lgani uchun uni kichik qismlarga bo’lib tahlil qilaylik.

💻 Kompyuter bilimlari orqali bevosita (to’g’ridan to’g’ri) pul topish

Ushbu usulni ham 3 qismga bo’lsak:

Kompyuterga tegishli bilimlar orqali – bunda asosan kompyuterni ta’mirlash, dasturiy ta’minotni o’rganish orqali pul topish mumkin.

Masalan, kompyuterga operatsion tizim o’rnatish (windows urish) kamida 50 ming so’m, antiviruslar o’rnatishni 30 ming so’m deb olsak :)

Kompyuter dasturlari bilan ishlashni o’rganib olish orqali – bu usulda Siz kompyuterning biror dasturi bilan ishlashni o’rganasiz va o’sha dastur orqali yaratgan tovarlaringizni sotasiz. Misol uchun, Photoshop ni o’rganish orqali rasmlarga ishlov berish, 3D dasturlar orqali loyihalash, frilanserlik qilish.

Kibersportchi - kompyuter o’yinlarini o’ynashni yaxshi o’rganish orqali kiber musobaqalarda qatnashish (bu soha bizda ham rivojlanishni boshladi).

Yuqoridagilar bo’yicha Siz soha yetakchisi bo’lsangiz o’sha soha bo’yicha kurslar tashkil etishingiz mumkin.


💻 Kompyuter bilimlari orqali bilvosita pul topish

Hozirgi zamonaviy dunyoda istalgan sohada ishlash uchun kompyuter bilimlari talab etiladi. Misol uchun juda ko’pchilik ish beruvchilar ishchilaridan quyidagi ko’nikmalarni talab qilishadi:

·       Kompyuter bilan ishlashni bilish (yoqish, foydalanish va h.k);

·       Ofis dasturlari bilan ishlay olish (Word, Excel);

·       Internetdan to’g’ri foydalana olish;

·       Elektron pochtadan foydalana olish va boshqalar.

Agar Siz yuqoridagi talablarga javob bersangiz boshqa raqobatchilaringizdan bir pog’ona ustun bo’lasiz, bu esa sizga manfaatliroq ish topishingizga va kompyuterga oid bilimlaringiz orqali yanada ko’proq daromad topishingizga yordam beradi!

P.S Yuqoridagi gaplar shunchaki internetdan tarjima qilinib tashlanmadi, aksincha hayotiy tajribalar asosida yozildi.

Report Page