Kompyuter qotib qolganda nima qilish kerak?

Kompyuter qotib qolganda nima qilish kerak?

Bek

💻 Xo'sh keling shu holatga tushib qolganda qanday choralar ko'rish kerakligini bir chekkadan tanishtirib o`tsam. Mening fikrimcha ko'pchilik bunday muammo bilan duch kelgan. Bu holatda vahimaga tushmasdan uni yechishga kirishsak. 


🤔 Kompyuter o'zi nimaga qotib qoladi? Birinchidan kompyuterda o'yin va turli - xil ilovalr ko'p resurslarni talab qilgandan yoki noto'g'ri o'rnatilganidan kelib chiqadi. Shu sabab komyuter qotib qoladi.

Keling men sizga hozir birinchi usul bilan tanishtirsam. Bu " Ctrl + alt + delete " kombinatsiyasi.
🎹 Ctrl + alt + delete
- bu kombinatsiya bizga vazifalar menejeriga o'tishga yordam berdai. Bizga nega vazifalar menejeri kerak deysizmi? Vazifalar menejeri bizga kompyuterni qotirib qo`ygan ilovani bartaraf qilish uchun kerak.

Mana shu kombinatsiyadan keyin vazifalar menejerining menyusi ochiladi.

👉 Keling men sizga yana qo'shimcha qilib yana bitta mashq o'rgataman. Bizga hozir menyu ochildi va rasmda belgilanganidek vazifalar menyusi va kompyuterni o'chirish belgisi chiqdi. Agar xohlasangiz o'chirishingiz mumkin agar saqlanmagan ishingiz bo'lsa unda vazifalar menejeriga o'tganingiz ma`qul.

Mana vazifalar menejerini ishga tushurganimizdan so`ng bizga ilovalar va har-xil protsesslar ko`zga tashlandi. Tassavur qiling shu ilovaning o`rnida sizning kompyuteringizni qotirib qo`yga o`yin. Shunda siz sichqonchaning yoki tachpadning o`ng tomondagi tugmasini bossangiz har- xil vazifalar chiqadi, shunda siz rasmsmda belgilangan qaydni (снять задачу) bossangiz kompyuteringiz o`z holiga qaytadi.
✔ Shu bilan kompyuteringiz o`z holiga qaytadi.

Mana endi ikkinchi usul bilan tanishsak. Ikkinchi usul bu eng oson usul. Bu kompyuterni o`chirish tugmasidan shunchaki bosib o`chirib qo`yish.


Mana shu tugamani qo`rqmasdan o`chmagunicha bosib turilsasa halos.
Shunda sizning kopyuteringiz o`chadi va qaytadan yoqib ishlatsa bo`ladi.

❗ Agar shunda ham sizning kompyuteringiz yaxshi tomonga o'zgarmasa unda sizga operatsion tizimingizni(windows) qaytatdan o'rnatishni tavsiya etiladi. Operatsion tizimni qanday o'rnatishni bilmoqchimisimiz. Unda bizning maqolalarni o`qishni davom eting. Tez kunda mana shu mavzuga asoslangan videodarslik qilinadi.

🧐 Xo`sh siz uchun bu ma'lumotlar foydali bo`ldimi?

Report Page