Komponovkada illuziya

Komponovkada illuziya

Javohir Nazarov


Komponovka (ruschasi компоновка) so‘zi lotinchadan oligan bo‘lib, «componere», ya’ni joylashtirish, qurish, yaratish, degan ma’nolarni beradi.

Komponovka nafaqat dizaynning biror bir sohasida, balki istalgan yerda ishlatiladi. Misol uchun oddiy quruvchining g‘ishtlarni terish uslubida ham bu terminni ishlatishimiz mumkin. Stolingiz ustida qog‘oz, qalam, ofis anjomlarini o‘zingiz uchun qulay qilib joylashtirishingiz ham komponovka qilishga kiradi.

Misol uchun:

Bizda obyektlar bor. Ularni komponovka qilamiz.

Obyektlarni tartibga keltirib, bir qatorga joylab chiqdik. Bu komponovkaning oddiy qoidasi. Lekin hayotimizda bu kabi sodda topshiriqlar kam uchraydi, lekin bu asosiy qoidalardan foydalanib, chiroyli komponovkalar qilsak bo‘ladi.

Dizaynler uchun har qanday dasturlarda ishni osonlashtirish uchun ishlab chiqarilgan operatsiyalar mavjud. Masalan, MS Word dasturida matnni o‘rtaga joylashtirish uchun birgina tugmani bosish kifoya:




Photoshop yoki shu kabi dasturlarda ham bu kabi ishlarni qilish oson. Matnnigina emas, balki obyektlarni ham shu usulda joylashtirsa bo‘ladi:



Juda oson ish. Kvadrat va dumaloq ideal holatda joylashdi. Lekin bu holat hamisha davom etmaydi. Hayotda faqat dumaloq va kvadratdan dizayn yasolmaymiz. Juda ko‘p shakllar mavjud. Ularni ustida ham yuqoridagi qoida bo‘yicha tajriba o‘tkazib ko‘ramiz. Misol uchun bizda kvadrat va uchburchak shakl mavjud:

Uchburchakni kvadrat ichiga avtomatik komponovka qilib joylashtirdik. Lekin bu yerda nima uchundir uchburchak kvadratning markazida emasdek tuyulyapti. Kompyuter esa uchburchak kvadratning markazida turganini ko‘rsatyapti. Muammo shundaki, kompyuter obyektni boshlanish nuqtasidan tugash nuqtasigacha butun yaxlit obyekt, deb qabul qiladi:

Mana shu yerga kelganda biz kompyuterning aqliy o‘lchoviga emas, o‘zimizning aqlimizga tayanib ishlashimiz kerak. Gap shundaki, uchburchakning bir uchi uning ikki uchidan ko‘ra yuza tomondan ancha kam. Shuning uchun biz uch tomonda ko‘p bo‘shliq ko‘ramiz. Aynan shu sababli biz uchun uchburchak markazda emasdek tuyuladi. Bu narsa — illuziya. Komponovkada illuziya esa, shunday holatlarda kuzatiladi. Buni to‘g‘irlashning yo‘li juda oddiy:

Uchburchakni o‘ng tomonga qo‘lda siljitamiz. Shu bilan muammoni hal qilgan bo‘lamiz. Bu kompyuterdagi o‘lchovga uncha mos kelmaydi, lekin ko‘zimiz uchun ayni muddao. Bu usul hamma narsani kompyuter hal qiladi, men hech nima o‘zgartira olmayman, deydigan dizaynerlar uchun ibratli usul )

YouTube logotipida ham shu oddiy usulni kuzatamiz.

Endi yana Photoshop dasturiga qaytamiz.

Ushbu dasturda Ctrl+Shift+Alt tugmalarini bosib, faylni saqlaydigan bo‘lsak, bizga shu kabi oynacha ko‘rsatiladi:

Bu kabi muammo faqatgina ikkita obyekt orasida emas, matn va obyekt orasida ham kuzatiladi. «Save…» so‘zi o‘z obyektiga nisbatan chap tomonga ketib qolganday tuyuladi. Bunga sabab «…» nuqtalar «Save» so‘ziga qaraganda yuza jihatdan ancha kichik.

Muammoni ko‘rib chiqamiz:

Obyekt va matn belgilanib, ikkisi ham markazga qo‘yilganda, shunday joylanadi:

Kompyuter uni to‘g‘ri deb hisobladi. Aslida shunday, lekin bizga bunday tuyulmayapti.

Muammoni bartaraf etamiz:

Muammoni quyidagicha hal qildik:

Xulosa: komyuter bizlar uchun ko‘p ishlarni bajaradi. Lekin bizlar ongli mavjudotlarmiz. Kompyuterning «aqli»ga emas, o‘z aqlimizga tayanib ishlasak, chiroyli dizaynlar yarata olamiz. )))



Muallif: Javohir Nazarov

----------

📣Design channel

@RedFoxDesign


Report Page