Ko'hna Buxoro bo'ylab sayohat...
Filologiya fakulteti tyutori Nigora SafarovaTalabalarning darsdan bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, hamda mamlakatimizning qadimiy va boy tarixini o'rganish, yoshlar orasida keng targ'ib etish, ularda milliy g'urur va iftixor tuyg'usini mustahkamlash maqsadida, joriy yilning 1-noyabr kuni tyutor Nigora Safarova boshchiligida filologiya fakultetining 6-3 RUS-22 guruh talabalari bilan Ko'hna Buxoro shahrimizningning tarixiy qadamjolariga sayohat uyushtirildi.
Ona shahrimiz bo'ylab sayohatdan talabalar juda mamnun bo'ldilar. Talaba-yoshlar bilan bunday sayohatlar juda ko'p tashkil etiladi, lekin taassurotlar har gal o'zgacha, shunga aytsalar kerakda Ona yurtim Buxoro, Azim shahrim Buxoro deb...
O'sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik, yurt faxri, ajdodlarimizga munosib farzand bo'lish ruhida tarbiyalashga qaratilgan ma'naviy-tarbiyaviy ekskursiyalar, tadbirlar davom etmoqda.
Filologiya fakulteti tyutori
Nigora Safarova