Kogon tuman 21-IDUMda"Besh tashabbus bo'lsa jam, yurtda bo'lmas hech kim kam"ma'naviy ijodiy uchrashuv bo'lib o'tdi.

Kogon tuman 21-IDUMda"Besh tashabbus bo'lsa jam, yurtda bo'lmas hech kim kam"ma'naviy ijodiy uchrashuv bo'lib o'tdi.

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat marakazi Kogon tuman bo'linmasi

Joriy yilning 6-may kuni Kogon tuman Xalq ta'limi bo'limiga qarashli 21-IDUM bahor ayyomi munosabati bilan hamda muhim besh tashabbus doirasida ma'naviy-ma'rifiy, tadbir va ijodiy uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda Buxoro viloyati Xalq ta'limi boshqarmasi boshlig'i Dilfuza Mustafayeva, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Kogon tuman bo'linmasi rahbari M.Mubinova ,Kogon tuman XTB mudiri Z. M. Qobilov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi fraksiyasi a'zosi Umida Rahmonova, "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Buxoro viloyat Kengashi raisi Maxsud Muhammedov, hamda mutasaddi rahbarlar  tashrif buyurdilar. Buxoro viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig’i Dilfuza Mustafoyeva bitiruvchi o'quvchilarni kasbga yo'naltirish bo'yicha aytib o'tdi. Yoshlarga haqiqiy ijodiy muhitni ko'rsatish orqaligina tasviriy san'at olamini anglashlari uchun yanada kengroq imkoniyat yaratishga, ushbu kasbga bo'lgan chin ma'nodagi muhabbatni uyg'otishga erishish mumkin.

Jamiyat taraqqiyotida, yurt, millat taqdirida o‘sib kelayotgan yosh avlodning jismoniy va ma’naviy barkamolligi, intellektual salohiyati muhim o‘rin tutadi. Zero, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Dunyo shiddat bilan o‘zgarib, barqarorlik va xalqlarning mustahkam rivojlanishiga raxna soladigan turli yangi tahdid va xavflar paydo bo‘layotgan bugungi kunda ma’naviyat va ma’rifatga, axloqiy tarbiya, yoshlarning bilim olish, kamolga yetishga intilishiga e’tibor qaratish har qachongidan ham muhimdir”.

Davlatimiz rahbari tomoni­dan yosh avlodni tarbiyalash ishlariga bunday aniq va maqsadli yondashuv, tizimli va tartibli qat’iy munosabat barcha soha vakillarini, shuningdek, keng aholi qatlami, ayniqsa, yoshlarni yanada sergak­lantirib, daxldorlik hissi va mas’ulligini oshirmoqda. Oliy hamda ezgu maqsadlar sari bir yoqadan bosh chiqarib, birgalikda harakat qilish, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash orqali yuqori natijalarga erishish, yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga undamoqda.

Bunday ma'naviy ijodiy uchrashuv tashkil etishdan asosiy maqsad, turli chekka hududlarida ijod qilib kelayotgan yosh shoirlarni izlab topish, ularga oʻz salohiyatlari va iqtidorlarini yanada kengroq namoyon qilishlariga koʻmaklashish, adabiy davralarga jalb qilish va pirovardida ijodiy faoliyatlaridagi ilk katta qadamni qoʻyishga turtki boʻlish, yoshlarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish va intilishlarini qoʻllab-quvvatlash, milliy adabiyotimizni yoshlar oʻrtasida keng targʻib qilishdan iboratdir.

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Kogon tuman bo'linmasi

Report Page