Kogon shahar 8-umumiy o'rta ta'lim maktabida "Zakovat"intellektual o'yini bo'lib o'tdi.

Kogon shahar 8-umumiy o'rta ta'lim maktabida "Zakovat"intellektual o'yini bo'lib o'tdi.


Buxoro viloyat Kogon shahar Maktabgacha va maktab ta'limi bo'imiga qarashli 8-umumiy o'rta ta'lim maktabida 2024-yil 11-may kuni "Amaliy(Texnologiya) fanlar"metodbirlashmasi tashabbusi bilan navbatdagi "Zakovat"intellektual o'yini bo'lib o'tdi.

"Zakovat"ning bu galgi sonida shahrimizdagi maktab jamoalari bilim va iqtidorini o'zaro sinashishdi.Ular quyidagi maktab jamoalaridir:

1.1-maktab "Renessans" jamoasi

2.2-maktab "Kelajak yulduzlari" jamoasi

3.3-maktab "Stars"klubi

4.5-maktab "Texnolog"jamoasi

5.7-maktab "Omadlilar"jamoasi

6.8-maktab "Diplomat"jamoasi

7.10-IDUM "Yosh texnolog"jamoasi

Mamlakatimizda ilm-fan rivojiga qaratilayotgan e'tibor ko'lami kun sayin kengayib bormoqda.Yoshlarning aql-zakovatini oshiradigan,iqtidorini ro'yobga chiqaradigan loyihalar izchil qo'llab -quvvatlanayotgani,intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan har qanday tashabbus yoki tanlovlar natijalari rag'batlantirilayotgani yanada quvonarlidir.Bugungi "Zakovat"da jamoalar o'zlarining intellektual salohiyatlari - iqtidorliliklari, o'tkir zehnliliklari,tashabbuskorliklari va izlanuvchanliklarini tomoshabinlarga namoyish etishdi.Shuningdek jamoalar salohiyatlari hakamlar hay'ati tomonidan baholab borildi.

"Zakovat"intellektual o'yini natijalari quyidagicha bo'ldi:

1- o'rin "Diplomat"( 8- umumta'lim maktab)jamoasi

2-o'rin "Renessans"(1-umumta'lim maktab)va "Omadlilar"(7-umumta'lim maktab)

3-o'rin "Stars klubi"(3-umumta'lim maktab)va "Texnolog(5-umumta'lim maktab)jamoasi.

Bellashuvda 2-umumta'lim maktabning "Kelajak yulduzlari"hamda 10-IDUMning "Yosh texnolog"jamoasi faol ishtirokchi jamoa bo'lishdi.

G'olib jamoalar va faol ishtirok etgan jamoalar Kogon shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo'limining faxriy yorlig'lari bilan taqdirlandi.


"Zakovat"intellektual o'yinlari davom etadi.

#Kogon shahar 8-umumta'lim maktab axborot xizmati




Report Page