Kofte
⏳Assalomu alaykum, yaqinlarim. Bugun sizlar bilan köfte tayyorlaymiz. Tayyor bo'lsangiz boshladik😋😍
🧑🍳 Kerakli masaliqlar:
✅ Piyoz – 2ta
✅ Sarimsoq – 4-5 dona
✅ Kashnich – xohishga ko'ra
✅ Ta'bga ko'ra tuz, paprika
✅ Yog' – kerakligicha
✅ Oregano – 1 osh qoshiq
✅ Talqon – 50 gr
✅ Qiyma – 300 gr
✅ Qo'y yog'i – 100 gr (xoxishga qarab)
🧑🍳 Tayyorlanishi:
Dastlab chopperga piyoz, sarimsoq tishchalari, kashnich, yog', paprika, tuz, oregano qo'shib maydalaymiz. So'ngra qiymaga maydalangan massamiz va talqonni birin-ketin solamiz va qo'limiz bilan ishlov berib yaxshilab aralashtiramiz.
— Ustidan qo'y yog'ini ham qirg'ichdan chiqarib solamiz va yana aralashtiramiz. Pishirish cho'plari yordamida shakl beramiz. So'ngra listga teramiz va duxovkada 180°C da 40 daqiqa davomida pishirib olamiz. Köftelarimiz tayyor.
Turkona_cooking sahifasidan olindi
Yoqimli ishtaxa azizlar😋💛🥰
Kunlik_retseptlar kanali