Ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr hujjatlari rasmiylashtirish bo‘yicha Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar
Ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr hujjatlari rasmiylashtirish bo‘yicha Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar
Xorazm_kadastr
Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan Ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr hujjatlari rasmiylashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar Boshqarma boshlig'i o'rinbosari Mustayev Anvar Maratovich maʼlum qilishicha:
Xorazm viloyatida jami – 454 526 ta turar va noturar joy obyektlari mavjud bo‘lib, shundan boshqarmaning tuman-shahar filiallari tomonidan 353 311 ta ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr hujjatlari rasmiylashtirilgan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.
Shundan, 2024-yil boshidan bugungi 2 406 ta yakka tartibdagi uy-joylar, 305 ta kvartiralar, 634 ta yakka tartibda uy-joy qurish uchun ajratilgan yer uchastkalari, jami 3 345 ta turar joy fondiga oid ko‘chmas mulk obyektlari kadastr pasporti rasmiylashtirilib, Davlat xizmatlari markazlari orqali mulkdorlarga taqdim qilindi.
Ko‘chma mulk obyekti kadastr pasportlarini berish Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentyabridagi 535-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning maʼmuriy reglamenti” asosida amalga oshirilmoqda.