Koʻrgazma doirasida "Uzbekistan GTL" MChJ bir qator mahalliy ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlik memorandumlari imzolandi

Koʻrgazma doirasida "Uzbekistan GTL" MChJ bir qator mahalliy ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlik memorandumlari imzolandi

Uzbekistan GTL

Buxoro shahrida boʻlib o‘tgan "Qurilishi materiallari, kimyo sanoati, farmasevtika sanoati, to‘qimachilik,neft va gaz sanoati, qishloq va suv xo‘jaligi, turizm sanoati uchun mahsulotlar ishlab chiqarish hamda qorako‘lchilik" sohalariga ixtisoslashgan hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasida "O‘zbekneftgaz" AJ hamda tizim korxonalari, jumladan “Uzbekistan GTL” MCHJ ham ko‘rgazmada ishtirok etdi.

Shuningdek, “Uzbekistan GTL” MChJ yarmarka doirasida “CARBON-POLYMER” MCHJ va "SDK GROUP AND" MCHJ korxonalari o‘rtasida hamkorlik memorandumlari tuzildi. Tomonlar bilan ishlab chiqariladigan mahsulotlari yuzasidan muzokoralar o‘tkazildi. Ko‘rgazma ishtirokchilariga zavodda ishlab chiqarayotgan sintetik yoqilg‘i mahsulotlari xaqida umumiy tushintirishlar va mahsulotlar katologi taqdim etildi.

Shuningdek, mahalliy korxonalar bilan neft va gaz texnologiyasida ishlatilatigan foydalaniladigan ehtiyot qismlar buyicha mahalliy tadbirkorlar bilan o‘zaro takliflar almashinildi. Bundan tashqari “Uzbekistan GTL” MCHJ va zavod ehtiyojlari uchun import qilinadigan mahsulotlarni mahallay ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilishi bo‘yicha takliflar va ma’lumotlar berildi hamda mahalliy tadbirkorlar bilan ishlab chiqarish imkoniyatlari muhokama qilinib, ularni qiziqtirgan savollarga Jamiyat mutaxassislari tomonidan javob berildi.

"Uzbekistan GTL" MChJ PR xizmati

Report Page