Koʻchma dars tashkil etildi

Koʻchma dars tashkil etildi


Qoʻqon universitetining Maktabgacha ta'lim yoʻnalishi 2-bosqich talabalari uchun "Mehrigiyo" salomatlik bogʻida koʻchma dars mashgʻuloti oʻtkazildi. 

Ta'lim kafedrasi oʻqituvchisi Erkinjonova Guljahon tomonidan "Ekologik tarbiya berish" mavzusida tashkil etilgan koʻchma darsda talabalar  "Mehrigiyo" firmasi muzeyini, kitob doʻkonini koʻzdan kechirishdi, shifokorlar bilan suhbatlashib, mas'ullar tomonidan oʻzlarining qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Mehrigiyo salomatlik bogʻida oʻtkazilgan dars talabalarda katta taassurot qoldirdi va bunday dars tashkilotchilarga oʻz minnatdorchiliklarini bildirdi.

Report Page