Kitobxonlik va ma'rifat bayrami

Kitobxonlik va ma'rifat bayrami

https://t.me/natlibuz

2024-yil 17-iyul kuni Olmazor tumanidagi Cho‘lpon nomidagi kutubxonada “Kitobxon onalar kuni” o‘tkazildi. Unda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi vakillari, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tasarrufidagi axborot-kutubxona markazlari mutaxassislari, Ma'naviyat va marifat markazi tuman bo‘limi vakillari, olima ayollar va mahalla "Oqila ayol" harakatining faol xotin-qizlari qatnashdilar.

Tadbirda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Ozoda Parpiboyeva, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshabayeva, O‘zbekiston xalq artisti Maryam Sattorova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zolari - yozuvchi Shahodat Isaxonova, shoiralar Oygul Suyundikova, Gulbahor Jumaeva va Gulchexra Ibragimovalar so‘zga chiqib kitobxon ayollar ziyoli millat asoschilari ekanligini ta'kidlab, xalqimizning ilmiy salohiyati, ma'naviy kamolotida onalarning o‘rniga urg‘u berdilar.

Tadbir davomida uy bekalari o‘zlari o‘qigan kitoblar taqdimotini qildilar, Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti “Kitoblar karvoni” loyihasi doirasida kitobxon onalarga kitoblar sovg‘a qilindi.




Report Page