"Kitobxonlik haftaligi" doirasida "Zakovat" intellektual oʻyini tashkil etildi.

"Kitobxonlik haftaligi" doirasida "Zakovat" intellektual oʻyini tashkil etildi.

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Vobkent tuman bo'linmasi

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Vobkent tuman bo'linmasi ichki ishlar bo'limi, tuman axborot-kutubxona markazi hamda xalq ta'limi bo'limi bilan hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 2020-25-yillardagi kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va milliy dasturni tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaror ijrosini taʼminlash maqsadida axborot-kutubxona markazida "Kitobxonlik haftaligi" doirasida "Zakovat" intellektual oʻyini tashkil etdi.

"Zakovat " intellektual o'yinida 4-sektor hududida joylashgan maktablarning ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarlari hamda ichki ishlar xodimlari o'zaro bellashdilar

"Zakovat" intellektual o'yinining savollari Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Vobkent tuman bo'linmasi xodimlari tomonidan Yurtboshimiz Sh. Mirziyoyevning "Yangi O'zbekiston strategiyasi" kitobidan tuzildi.

"Zakovat" intellektual o'yinini axborot -kutubxona markazi rahbari Sh.Sharipov, ichki ishlar bo 'lim boshlig'i o'rinbosari J.Rasulov hamda xalq ta'limi bo'limi xodimi S.Ismoilovlar odilona baholab bordilar. Qizg'in bahslar bilan o'tgan "Zakovat" intellektual o'yinida ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarlari g'alaba qozondi.

Rivojlanayotgan yurtimiz kelajagi va buguni uchun mas'ul bo'lgan har bir fuqaro yurtboshimiz Sh. Mirziyoyevning "Yangi O'zbekiston strategiyasi" kitobini o'qishi va uqishi lozimdir.



Report Page