Kitobxonlar uchun ta'til vaqtida online tanlov

Kitobxonlar uchun ta'til vaqtida online tanlov

fargona_akm

Ta'til vaqtida o'quvchilar vaqtini unumli o'tkazishlarini ta'minlash maqsadida Ahmad Farg'oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi va Yoshlar ishlari agentligi Farg'ona viloyati bo'limi bilan hamkorlikda online tanlovga start beramiz.

12-yanvar sanasidan 22-yanvar sanasiga qadar har kuni (shanba va yakshanbadan tashqari) o'tkaziladigan online tanlovimiz aynan sizlar uchun.

3 xil yosh toifasida (5-6 sinf, 7-8 sinf, 9-10-11 sinf) o'tkaziladigan tanlovimiz shartlari bilan tanishing:

✅tanlov 12-yanvar sanasidan 21-yanvar sanasiga qadar soat 11.00 da @fargona_akm kanalida o'tkaziladi;

✅tanlovda 5-sinfdan 11-sinfgacha bo'lgan maktab o'quvchilari ishtirok etishi mumkin;

✅har bir yosh toifasiga alohida kitoblar ro'yxati taqdim etiladi;

✅tanlovlar o'tkaziladigan kun kanal orqali e'lon qilib boriladi;

✅har bir tanlovda ishtirok etib g'olib bo'lgan 3 nafar qatnashchilarga online tarzda faxriy yorliq taqdim etiladi;

✅ 7 kun davomidagi g'oliblik natijalariga ko'ra 24 nafar qatnashchi 22-yanvar kuni bo'lib o'tadigan final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritadilar;

✅final bosqichi 22-yanvar sanasida offline (an'anaviy) tarzda ya'ni viloyat axborot kutubxona markazida o'tkaziladi;

✅umumiy kitoblar ro'yxati bilan @fargona_akm kanalida bugunoq tanishasiz.


Finalda g'oliblikni qo'lga kiritgan ishtirokchilar esa sertifikat va qimmatbaho sovg'alarga ega bo'ladi🎁


Bilamiz, savollaringiz ko'p. Barchasiga javob beramiz🤗 Bizni kuzatishda davom eting!

Report Page