Kitobxondan tavsiya

Kitobxondan tavsiya

Panjiyev Shaxboz

"Liderlar kitobi" asari


O'zbekiston Respublikasi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o'rinbosari Otabek Hasanov bilan bir necha oy avval Qashqadaryo yoshlari bilan uchrashuvida ushbu kitob taqdimoti bo'lgan edi. Kitobni nomining o'zi e'tiborimni tortgandi.Ushbu uchrashuvga men ham tashrif buyurdim.Xo'sh ushbu kitob qanday va nima uchun Liderlar kitobi? Ushbu savolga javobni kitobni menga sovg'a qilganlarida oldim. Usha vaqt menga aytgan so'zlari hech qachon esimda chiqmasa kerak: " Bu kitob oddiy kitob emas, buni o'qib chiqsang dunyoning barcha mashhur shaxslari Stiv Jobsdan tortib Ilon Maskning eng qimmatli fikrlari va o'zimizning buyuk ajdodlarimizning liderlik qobiliyatlarini o'zingda his qilasan. Men ishonaman kitobni o'qib chiqqaningdan so'ng hayoting tubdan o'zgaradi"-deb aytgan edilar. Haqiqatdan ham,bu gaplar umrimdagi eng motivatsiyaga boy gaplar edi.Kitobni o'qib chiqdim. Taassurotlar bir talay.Sizga ushbu kitob mazmun va mohiyati haqida aytsam.Kitobda shunday bir ma'naviy boylik borki, har safar o'zingizga foydali xulosa va motivatsiya olasiz. Kitobda bugungi O'zbekistonning eng katta boyligi yoshlarda liderlik qobiliyatlarini rivojlantirish haqida so'z boradi.Biz ya'ni yoshlar Vatanimizning har tomonlama rivojlantiradigan lider yoshlar qanday bo'lishi,nimalarni amalga oshirishi, har tomonlama mukammal bo'lishi, hammaga o'rnak bo'la olishi haqida juda qimmatli ma'lumotlarga boy.O'zimizning shaxsiy rivojlanishimiz uchun keltirilgan jahon tan olgan shaxslaring fikri esa yanada qiziq.Yana bir e'tiborimni tortgan narsa hammamizning yoshligimizda ota-onamiz va kattalarning bizga "kitob o'qi" deb bergan nasihatlari haqida. Xo'sh biz kitobni nima uchun o'qishimiz kerak? "Yaxshi bo'ladi". Ho'p nima yaxshi bo'ladi?Bu savolga O.Hasanov ham menga o'xshab hech kimdan javob ola olmagan. Bu savolga javobni yillar o'tib topganlar. Men esa ushbu savolga javobni "Liderlar kitobi"dan oldim. Ushbu savolga javob O.Hasanovning hayotida ro'y bergan.

O.Hasanov AQSHning Kaliforniya shtatida stajirovkadaligida bir mashhur rejissiyor va yoshlar bilan uchrashuv bo'lgan. Uchrashuvda qisqa tanishuvdan so'ng yoshlarga qiziq savol berilgan. "Dunoydagi eng zo'r kinoteatr qayerda?. Hamma hayron. Shunda bir yigit:Nyu Yorkdagi kinoteatr"-deb javob berdi.Javob noto'g'ri. Shundan keyin hamma shunga o'xshash javoblar berishdi. Oxiri hamma taslim bo'lib o'zingiz ayting deb gapirishdi. Shunda rejissiyor bosh barmog'i bilan boshiga tegdirib:" Mana bu yerda eng zo'r kinoteatr"-deb javob berdi. Zaldagi hamma kulib yubordi. Shunda rejissiyor fikrini isbotlashga o'tdi:"E'tibor berganmisiz kitob o'qiyotganingizda sizning miyangizda kitobdagi obraz, manzara va boshqa shunga o'xshash narsalar tasavvuri paydo bo'ladi. Siz o'zingiz kitobdagi voqealikni real tasavvur qilasiz. Mana eng zo'r kinoteatr qayerda. Sizning miyangizdagi kinoteatrni tekshiradigan apparat bo'lganida edi,oramizda kitob o'qimaydiganlarning miyasi XX asr boshidagi oq qora filmlardek. Siz qancha ko'p kitob o'qib boraversangiz ushbu tasavvur rangli, HD, FULL HD bo'lib boraveradi. Oxirgiga kelganda siz 3D formatda tasavvur qilishni boshlaymiz"-deb fikrini yakunladi.Hamma rejissiyorning gaplariga tan berdi. 

 Ana do'stlar ko'rdingizmi kreativ, ajoyib va aqlli fikrlashning birdan bir manbai nimada!? Albatta kitob. Shunday bir fakt bor ekan."Umrida hech bo'lmaganda beshta badiiy kitobni o'qib tugatgan inson hech qachon kambag'al bo'lib qolmas ekan". Ishonasizmi hatto men ushbu kitobni ikkinchi marta o'qishni boshladim.Har safar o'qiganimda kitobdan yangidan yangi ma'lumotlar, mazmunli gaplar chiqib kelaveradi.Shunday ekan azizlar kitob-ilm bulog'i. Sizlarga ham ushbu kitobni o'qib chiqishni maslahat beraman.Zero dunyoni o'zgartirmoqchi bo'lsak avvalo o'zimizni o'zgartiraylik. Vatanimizning ravnaqiga hissa qo'shadigan har tomonlama mukammal lider bo'lib yetishishimiz o'zimizga bog'liq.Ushbu kitob esa bunga yaqqol qo'llanma. Yunon faylasuflaridan biri aytgan edi : " Insonning eng katta dushmani- erinchoqlik va dangasalik.

Ushbu so'zlarni o'qiganingizdan so'ng bugun emas, ertaga ham emas hozirning o'zida kitob o'qishni odat qiling. Zero bugungi qiyinchilik ertaga katta kuchga aylanadi!

Report Page