Kitobxondan tavsiya
Panjiyeva Ra'noxon"Men kim sohibqiron Jahongir Temur" asari
Assalomu alaykum hurmatli kitobxonlar Bizga ma'lumki har bir inson ma'naviy ozuqani albatta o'zbek va jahon adabiyotlaridan o'qib o'rganib olishadi.Mana shunday asarlardan biri jahon adabiyotida o'zining ma'naviy dunyoqarashi va bilimi bilan biz kitobxonlarni o'ziga jalb qilgan asar bu Fransuz adibi va temurshunosi Marsel Brion tomonidan yozilgan "Menkim Sohibqiron-Jahongir Temur" asaridir. Kitobxonlar bu asar meni shunchalik o'ziga jalb qildiki Temurshunos yozuvchi Marsel Brion Sohibqiron Amir Temur bobomiz haqida ko'plab qimmatbaxo fikrlar bergan,ayniqsa Amir Temurning dunyoga kelishidan to vafot etgunga qadar bo'lgan voqealarni Amir Temur nomidan hikoya qilishi biz yoshlarni nihoyatda to'lqinlantirib yubordi.Asarda Amir Temurning otasi uning tug'ilishidan bir muddat avval ko'rgan tushini mo'ysafidning yoniga kelib, qo'liga qilich tutqazib ketganligi va boshi uzra qilichni aylantirganligi va shu zaxoti tushidan uyg'onib ketganligi haqida fikr yuritiladi.Men bu asarni o'qib demak tush qaysi vaqtda ko'rilganligiga ham ahamiyat berish kerakligini tushunib yetdim.Chunki tushni otasi tongga yaqin ko'rgan edi.Shayxning aytishi bo'yicha Tarag'ay bir o'g'il ko'rishi,dunyoni birlashtirib yetti iqlimga Islom dinini yoyishga yordam beradigan inson Amir Temur bobomiz haqida fikr aytadi.Men bu asarni boshidan oxirigacha o'qir ekanman mana shu yurtning farzandi ekanligimdan shunday Sohibqironlar dunyoga kelib dunyoni zir titratganligidan g'ururlandim.Kitobning ilk saxifalarini ochganimdanoq O'zbekiston Respublikasing birinchi Prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimovning " Amir Temur shaxsini idrok etish - tarixni idrok etish demakdir.Amir Temurni anglash-o'zligimizni anglash demakdir.Amir Temurni ulug'lash - tarix qa'riga chuqur ildiz otgan tomirlarimizga,madaniyatimizga,qudratimizga asoslanib,buyuk kelajagimizga ishonchimizni mustaxkamlash demakdir" degan so'zlari meni kelajakda shu yurtga munosib farzand bo'lishimga undadi.Demak men buyuk zotlarni yurtimdagi Sohibqironlarni ularning tarixini bilmay turib hech kim bo'lmasligimni anglab yetdim.Do'stlarim albatta bu asarni o'qing va o'zingizga ishonchni yanada orttiring.Bu asarni yozishga 1942-yili "Tamerlan" nomli asarni yozgan va Temuriylar davriga yanada qiziqishini uyg'otgan omil 1941-yil Samarqandda antropolog Gerasimov ishtirokida Amir Temur va Temuriy shaxzodalardan bir necha kishining qabrini ochib,olib borilgan tadqiqot ishlari ham bu asarning yaratilishiga sabab bo'lgan bo'lishi ham mumkin.Asardagi yana bir jumlaga e'tiborlaringizni qaratmoqchiman bobomiz Shaxy Shamsiddin sabog'iga qatnay boshlaganiga bir xaftacha bo'lganda barcha bolalarga umumiy savol tashlaydi: " qani aytinglar-chi,o'tirganda qay taxlit o'tirishlik eng maqbul sanaladi" har kim o'z bilganicha javob qaytardi.Navbat Sohibqironga kelganida,"o'tirishning eng maqbuli tizzanlab,cho'k tushib o'tirishlikdir", deb javob qaytaradi ustoz undan javobni izoxlab berishlikni so'raydi ana endi yoshgina bolakayning javobiga e'tibor bering "kishi nomoz payti Allohga sajda qilganda,Qur'on oyatlarini tilovat qilganida xuddi shu taxlit o'tiradi" deb javob berdi.Kabi ma'lumotlar insonni o'ziga jalb etadi.Bu asarda shunchalik bundanda chiroyli jumlalar borki buni o'qib turib to'lqinlanmaslikng iloji yo'q.Kitobxonlar bachkanakikka yo'ymangdagin yana bir fikrimni aytmoqchiman Bobomiz Amir Temur barcha bilimu ilmlarni 16 yoshga to'lgan kuni to'liq o'rganib oladi,ota uni qabristonga olib boradi o'g'lim mana shu yerda yotgan barcha avlodlarimiz Islom dinini naqadar ulug'ligini va dunyoda tengsiz ekanligini tanitgan va buni doim yodinda tut deya fikr aytadi. Asardagi ota -bola,ustoz -shogird qabriston va musurmonlik,ilm va bilim bir biri bilan shunchalik chambarchas bog'liqki hech birini ajratish juda murakkab. Asar haqida qancha gapirsam shuncha gu'rurlanaman,shu yurtda tug'ilganimdan faxrlanaman.Aziz do'stlarim albatta bu asarni o'qing biz yod olgan Temur tuzuklariyu " Bizning kimligimizni bilmoqchi bo'lsangiz- biz qurdirgan imoratlarga boqingiz " kabi hikmatli so'zlar mana shu asarda mujassamdir.