"Kitobxon yoshlar" onlayn tanlovi nizomi

"Kitobxon yoshlar" onlayn tanlovi nizomi


👉 Tanlovni oʻtkazishdan maqsad: Talaba-oʻquvchilar va yurtdoshlarimizni kitob mutolaasiga keng jalb qilish hamda ularning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyatini yuksaltirish

👉 Tanlov nomi: “Kitobxon yoshlar” onlayn intellektual tanlovi (keyingi oʻrinlarda Tanlov deb yuritiladi)

👉 Kimlar ishtirok etishi mumkin: Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega boʻlgan yoshi, kasbi, lavozimidan qatʼiy nazar barcha, jumladan, maktab oʻquvchilari, talaba-yoshlar, oʻqituvchilar va barcha kitobxonlar (keyingi oʻrinlarda Ishtirokchi deb yuritiladi)

🔸 Mazkur tanlov yakka tartibdagi musobaqa boʻlib, unda ishtirok etish uchun Telegramdagi maxsus @kitobtanlovbot orqali belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtiladi;
🔸 Toʻliq roʻyxatdan oʻtgan ishtirokchiga Telegram bot tomonidan unikal referal havolasi taqdim etiladi. Ishtirokchilar mazkur havolani doʻstlariga, yaqinlariga va kitobxonlarga ulashib, ularni tanlovga taklif etishlari kerak boʻladi. Havola orqali kirib roʻyxatdan oʻtgan har bir yangi ishtirokchi uchun havola egasiga +1 referal beriladi. Kamida +5 referal yigʻgan ishtirokchilar tanlovning toʻlaqonli ishtirokchisiga aylanadilar (5 tadan kam referal yigʻganlar tanlovda qatnasha olmaydilar).
🔸 Ishtirokchilarga 5 ta referal yigʻgandan soʻng ham referal yigʻishda davom etishlari tavsiya qilinadi. Chunki yakunda eng koʻp referal yigʻgan 100 nafar ishtirokchilar ham tanlovning hal qiluvchi 2-bosqichida ishtirok etish uchun toʻgʻridan toʻgʻri yoʻllanmaga ega boʻladilar.

🔹 Tanlovda ishtirokchilarga oldindan 4 ta kitob oʻqish uchun vazifa qilib beriladi. Kitoblarni oʻqish uchun tanlov eʼlon qilingan kun (7-sentabr)dan boshlab 20 kun (27-sentabrgacha) vaqt belgilanadi. Vazifa sifatida beriladigan kitoblar roʻyxati:

📚 1) Oʻtkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” asari
📚 2) Ahmad Lutfiy Qozonchining “Oʻgay ona” asari
📚 3) Jorj Oruellning “Molxona” asari;
📚 4) Murot Toʻsunning “Olim yetishtirgan onalar”

🔹 Belgilangan vaqt yakunlangach (28-sentabrdan boshlab), 5 kun davomida har kuni 20 tadan (jami 100 ta) test savollari berib boriladi. Barcha test savollari oldindan vazifa qilib berilgan asarlar asosida tuziladi.
🔹 Ishtirokchilarga har bir toʻgʻri javob uchun +1 ball beriladi va yakunda (100 ta savol yakunlangach) eng koʻp ball jamgʻargan 500 nafar ishtirokchilar tanlovning hal qiluvchi 2-bosqichida ishtirok etish imkoniga ega bo'ladilar.
🔹 Tanlovda vazifa sifatida berilgan kitoblar toʻplamini (4 ta kitob) “Qamar” kitoblar doʻkonidan xarid qilib, uning fotosuratini belgilangan manzilga (tanlov davomida e'lon qilinadi) yuborgan ishtirokchilarga avtomatik ravishda qoʻshimcha +10 referal bali taqdim etiladi.
❗️ Tushuntirish: Tanlovda ishtirok etish uchun kitobni sotib olish shart emas, kitoblarning elektron nusxalari oldindan @kitobxonyoshlar Telegram kanali orqali taqdim etiladi. Shunchaki siz kitobni qoʻlga olib mutolaa qilishni istasangiz, uni Qamar kitoblar doʻkonidan olib, qoʻshimcha bonus referalga ega boʻlishingiz mumkin.
🔹 Tanlov yakunida soʻnggi oʻrinlarni egallab turgan ishtirokchilarning ballari (referallari soni) teng kelib qolgan taqdirda ularning barchasiga 2-bosqich yoʻllanmasi taqdim etiladi.

🔸 2-bosqich yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan ishtirokchilar roʻyxati (3-oktabr kuni) tanlov tashkilotchilarining rasmiy sahifalarida eʼlon qilinadi.
🔸 2-bosqichda 1-bosqichdagi ballar va referallar soni hisob-kitoblarga qoʻshilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, barcha ishtirokchilarning natijalari nolga tushiriladi va hamma teng imkoniyatga ega boʻladi.
🔸 Tanlovning 2-bosqichida tanlov davomida eng koʻp referal yigʻgan 100 nafar ishtirokchilar hamda 100 ta test savollarini yechish orqali eng koʻp ball jamgʻargan 500 nafar kitobxonlar alohida Telegram guruhga qoʻshilgan holda qatnashadilar.
🔸 2-bosqichning oʻtkazilish tartibi va qonun-qoidalari aynan shu Telegram guruhda ishtirokchilarga batafsil tushuntiriladi.
🔸 Ikkinchi bosqichda ishtirokchilar oldindan berilgan 4 ta kitob asosida tuzilgan test savollarini yechish boʻyicha oʻzaro bellashadilar va yakunda eng koʻp ball jamgʻargan ishtirokchilar ketma-ketlikda sovrinli oʻrinlarni egallaydilar.

🏆 Tanlov gʻoliblari va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan quyidagi tartibda taqdirlanadi:
🥇 1-oʻrin — Samsung Galaxy Tab A8 64GB plansheti va I darajali diplom;
🥈 2-oʻrin — Xiaomi Redmi Note 11 64GB smartfoni va II darajali diplom;
🥉 3-oʻrin — Xiaomi Mi Band 6 smartwatch va III darajali diplom;
⚡️ 4-10-oʻrinlar — 10 tadan kitoblar toʻplami va faol ishtirok uchun sertifikat;
⚡️ 11-20-oʻrinlar — 5 tadan kitoblar toʻplami va faol ishtirok uchun sertifikat;
⚡️ 21-50-oʻrinlar — 3 tadan kitoblar toʻplami va faol ishtirok uchun sertifikat;
☝️ Bundan tashqari butun tanlov davomida eng koʻp referal yigʻgan 10 nafar ishtirokchi alohida “Eng faol tanlov tashkilotchisi” nominatsiyasi gʻolibi deb e'lon qilinadi va 5 tadan kitoblar toʻplami bilan taqdirlanadi.
🔖 Final bosqichida ishtirok etgan va kamida jamgʻarish mumkin boʻlgan maksimal ballning kamida 60 foizini jamgʻargan barcha ishtirokchilarga tanlov tashkilotchilari tomonidan elektron sertifikatlar taqdim etiladi.

📚 21-50-oʻrin egalari uchun:

🔺 A.L.Qozonchining eng sara asarlari toʻplami;
🔺 Abdulfattoh Abu G'uddaning “Sahifalar” asari;
🔺 Kel Nyuportning “Diqqat” asari

📚 11-20-oʻrinlarga yuqoridagi 3 ta kitoblar va qoʻshimcha quyidagi 2 ta kitob (jami 5 ta) taqdim etiladi:

🔺 M.A.Lakhnaviyning “Gʻiybat o'zi nima” kitobi;
🔺 Alisher Umirdinovning “Talaba doʻstimga 78+ tavsiya” kitobi

📚 4-10-oʻrinlarga yuqoridagi 5 ta kitoblar va qoʻshimcha quyidagi 5 ta kitob (jami 10 ta) taqdim etiladi:

🔺 Brayan Treysining “"Lider shaxsiyati” kitobi;
🔺 Rey Bredberining “Farengeyt bo‘yicha 451 daraja” asari;
🔺 Abdul Fattoh Abu Gʻuddaning “Ulamolar nazdida vaqtning qadri” kitobi;
🔺 Bahodir Yenishehirli oʻgʻlining “Hukmdorim” asari;
🔺 Jeyms Klirning “Atom odatlar” kitobi

🔹 Tanlov davomida har bir ishtirokchi faqat bitta profildan ishtirok etishi mumkin, ikki yoki undan koʻp profillar orqali ishtirok etish holatlari aniqlansa, oʻsha ishtirokchining natijasi bekor qilinadi va oʻzi tanlovdan chetlashtiriladi.
🔹 Tanlov davomida (taqdirlash marosimida) tashkilotchilar ishtirokchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatini koʻrsatishini (onlayn yuborishini) talab qilish vakolatiga ega boʻladilar.
🔹 Tanlov gʻoliblari taqdirlash marosimi tanlov toʻliq yakunlanganidan soʻng, 7 ish kuni ichida tashkil qilinadi. Barcha gʻoliblar marosimga tashrif buyurib sovrinlarni olishlari mumkin boʻladi. Ishtirokchining o'zi marosimga tashrif buyura olmagan taqdirda uning nomidan taqdirlashda sovrindorning ishonchli vakili qatnashishi mumkin.
🔹 Tanlov davomida nizomda nazarda tutilmagan fors-major holatlari kuzatilsa, tanlov tashkilotchilari yakuniy qaror chiqarish huquqiga ega boʻladilar.


Report Page